Qozog‘istonda prezidentlikka nomzodlarni ko‘rsatish qachon boshlanishi ma’lum bo‘ldi

© Sputnik / Yevgeniy Odinokov / Mediabankka o‘tishGolosovanie na prezidentskix viborax v posolstve Kazaxstana v Moskve
Golosovanie na prezidentskix viborax v posolstve Kazaxstana v Moskve - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 22.09.2022
Obuna bo‘lish
Har bir nomzodni qo‘llab-quvvatlash uchun 118 273 ta saylovchilarning haqiqiy imzosi to‘planishi kerak - tafsilotlar.
TOShKENT, 22 sen — Sputnik. Qozog‘istonda prezidentlikka nomzodlar ko‘rsatish 23-sentabrdan 11-oktabrgacha bo‘lib o‘tadi. Bu haqida Sputnik Qozog‘iston mamlakat Markaziy saylov komissiyasiga tayangan holda xabar berdi.
Bugun bo‘lib o‘tgan Markaziy saylov komissiyasi yig‘ilishida MSK a’zosi Konstantin Petrov Qozog‘iston prezidenti lavozimiga nomzodlarni ko‘rsatish 11-oktabr kuni soat 18:00gacha davom etishini ma’lum qildi.
“Prezidentlikka nomzodlar ko‘rsatish saylov tayinlangan kunning ertasidan boshlab, ya’ni 23-sentabrdan 11-oktabr kuni soat 18:00da yakunlanishi kerak”, - deydi Petrov.
Prezidentlikka nomzodlar ko‘rsatish huquqi belgilangan tartibda ro‘yxatga olingan respublika jamoat birlashmalariga tegishli.
Qayd etilishicha, nomzodlar taqdim etilgan kundan boshlab besh kun ichida Markaziy saylov komissiyasida ro‘yxatga olinadi.
Quyidagi hujjatlar qabul qilib olinadi:
respublika jamoat birlashmasi oliy organi majlisining nomzod ko‘rsatish to‘g‘risidagi bayonnomasidan ko‘chirmalar;
nomzodning saylovda qatnashishga roziligi to‘g‘risidagi arizasi;
nomzodning saylovga hissa qo‘shganligini tasdiqlovchi hujjat.
Prezidentlikka nomzodlarning qo‘llab-quvvatlanganligi viloyatlar, respublika ahamiyatiga molik shaharlar va poytaxtning kamida 2/3 qismini teng vakillik qiluvchi saylovchilarning kamida 1 foizi imzosi to‘planishi bilan tasdiqlanishi kerak.
Imzo varaqalarini berish nomzodning Konstitutsiya va Konstitutsiyaviy qonun talablariga muvofiqligi belgilanganidan keyin 5 kun ichida amalga oshiriladi.
1 iyul holatiga ko‘ra, Qozog‘iston Respublikasi saylovchilar ro‘yxatiga 11 million 827 ming 277 nafar fuqaro kiritilgan.
Har bir nomzodni qo‘llab-quvvatlash uchun 118 273 ta saylovchilarning haqiqiy imzosi to‘planishi kerak.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qozog‘istonda 20-noyabr kuni navbatdan tashqari prezident saylovi bo‘lib o‘tishi xabar qilingan edi.
Yangiliklar lentasi
0