Rossiya va O‘zbekiston aloqalari g‘oyat mustahkam bog‘langan – Malginov

© Sputnik / Vladimir Trefilov / Mediabankka o‘tishOleg Malginov
Oleg Malginov - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 22.09.2022
Obuna bo‘lish
Rossiyaning O‘zbekistonda elchisi ikki mamlakat aloqa rishtalari kelajakda ham bog‘lanishda davom etishini ta’kidladi.
TOShKENT, 22 sen — Sputnik. Rossiya va O‘zbekiston aloqalari juda mustahkam bog‘langan, ularni hech narsa uzolmaydi. Bu haqda Rossiyaning O‘zbekistondagi elchisi ma’lum qildi, deb xabar bermoqda Sputnik muxbiri.

“Kelajakda aloqa rishtalarimiz iqtisodiyotda, ilm-fanda, madaniyatda, umuminsoniy munosabatlarda bog‘lanishda davom etadi”, - dedi elchi Toshkentdagi “Rossiya ta’limi” xalqaro ko‘rgazma yarmarkasi ochilishida.

Malginov Sovet va Rossiya oliy o‘quv yurtlari bitiruvchilari respublika taraqqiyotiga salmoqli hissa qo‘shib kelishayotganini eslatdi.
“Mamlakatlarimiz prezidentlari bir necha kun oldin aynan shu haqda suhbatlashishgandi”, — deya aniqlik kiritdi u.
Elchining so‘zlariga ko‘ra, davlat rahbarlari ta’lim sohasidagi hamkorlikni rivojlantirishga kelishib olishgan.
Qayd etish joizki, Rossiya oliy ta’lim muassasalarining xorijdagi filiallari soni bo‘yicha O‘zbekiston yetakchi o‘rinda turadi. So‘nggi to‘rt yilda mamlakatda Rossiyaning 12 ta yetakchi oliygohi filiallari ochildi va ular soni jami 15 taga yetdi.
Eslatib o‘tamiz, 22-24 sentabr kunlari Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida “Rossiya ta’limi. Toshkent-2022”xalqaro ko‘rgazma yarmarkasi bo‘lib o‘tmoqda. Bu yilgi ko‘rgazmada Rossiyaning 55 ta universiteti o‘z ta’lim dasturlarini taqdim etishadi. Yarmarkaning asosiy maqsadi abituriyentlarni Rossiyaning yetakchi universitetlarida xalqaro dasturlar bo‘yicha ta’lim olish imkoniyatlari bilan tanishtirishdan iborat.
Yangiliklar lentasi
0