Sanksiyalar Yevropa Ittifoqi uchun salbiy oqibatlar olib keladi – Milorad Dodik

© Sputnik / Sergey Guneyev / Mediabankka o‘tishFlagi Rossii i Yevrosoyuza, arxivnoe foto
Flagi Rossii i Yevrosoyuza, arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 22.09.2022
Obuna bo‘lish
Dodik: Rossiya hozir ham bizning hamkor davlatimiz.
TOShKENT, 22 sen — Sputnik. G‘arbning Rossiyaga qarshi joriy qilgan sanksiyalari birinchi navbatda Yevropa Ittifoqi uchun salbiy oqibatlarga olib keladi. Bu haqda Bosniya serblari yetakchisi Milorad Dodik RIA Novosti agentligiga bergan intervyusida ma’lum qildi.
“Rossiyaga qarshi joriy qilingan va birinchi navbatda, ularni kiritganlarga, ya’ni Yevropa Ittifoqiga nisbatan salbiy oqibatlarga olib keladigan sanksiyalarga qaramay, Rossiya hozir ham bizning hamkor davlatimiz”, dedi Dodik.
Rossiyaning Ukrainada maxsus operatsiyasi boshlanganidan so‘ng, G‘arb davlatlari Rossiya Federatsiyasiga, xususan, Rossiya energiya manbalariga qarshi sanksiyalar joriy qila boshladi. Rossiya prezidenti Vladimir Putin Rossiyani jilovlash va zaiflashtirish siyosati G‘arbning uzoq muddatli strategiyasi ekanligini, sanksiyalar butun jahon iqtisodiyotiga jiddiy zarba berganini aytdi.
Yangiliklar lentasi
0