Shavkat Mirziyoyev: Toshkent viloyatida turizm bo‘yicha favqulodda holat e’lon qilamiz

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev
Shavkat Mirziyoyev  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 22.09.2022
Obuna bo‘lish
Parkent, Angren va Ohangaron tog‘li hududlarida zamonaviy turizm klasterlari tashkil etiladi - tafsilotlar.
TOShKENT, 22 sen — Sputnik. Toshkent viloyatida turizm bo‘yicha favqulodda holat e’lon qilinadi. Bu haqida Nurafshon shahrida bo‘lib o‘tayotgan Xalq deputatlari kengashi sessiyasida ma’lum qilindi.
Qayd etilishicha, Shavkat Mirziyoyev Toshkent viloyatidagi turizm sohasi imkoniyatlaridan yetarlicha foydalanilmayotganini tanqid qildi.
"Dam olish kunlari Toshkent viloyati yo‘llarida katta tirbandliklar bo‘ladi. Chunki hamma Bo‘stonliqqa chiqadi. Nega Parkentda ham shunaqa tizim qilmaymiz? Parkent shashligi va somsasini ko‘pchilik yaxshi ko‘radi-ku. Kecha barcha mas’ullarga topshiriq berdim, Toshkent viloyatida turizmni rivojlantirish bo‘yicha favqulodda holat e’lon qilamiz. Asosiy yuk Bo‘stonliqqa tushapti, lekin bu yerda ham loyihalar oxiriga yetkazilmagan, o‘z holiga tashlab qo‘yilgan”, deydi prezident.
Ta’kidlanishicha, Parkent, Angren va Ohangaron tog‘li hududlarida zamonaviy turizm klasterlarini tashkil etish ishlarini boshlash vaqti keldi.
Yangiliklar lentasi
0