Shomurodov terma jamoada gol urish borasida qator jahon yulduzlarini ortda qoldirdi

© Assotsiatsiya futbola UzbekistanaEldor Shomurodov
Eldor Shomurodov - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 22.09.2022
Obuna bo‘lish
2022 yilda terma jamoa safida eng ko‘p gol urgan futbolchilar orasida Eldor Shomurodov Messi va Xolandni ortda qoldirgan.
TOShKENT, 22 sen — Sputnik. Sentabr oyidagi FIFA kunlari oldidan Transfermarkt portali 2022-yil terma jamoada eng ko‘p gol urgan futbolchilar ro‘yxatini taqdim etdi.
Unga ko‘ra O‘zbekiston terma jamoasi va Italiyaning “Roma” klubi hujumchisi Eldor Shomurodov ro‘yxatda peshqadamlik qilmoqda. O‘zbekistonlik futbolchi hisobida 2022-yilda 9 ta gol mavjud.
© Foto: Transfermarkt2022 yil terma jamoada eng ko‘p gol urgan futbolchilar
2022 yil terma jamoada eng ko‘p gol urgan futbolchilar - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 22.09.2022
2022 yil terma jamoada eng ko‘p gol urgan futbolchilar
Shu tariqa, Shomurodov Erling Holand, Sadio Mane, Lionel Messi kabi jahon yulduzlarini ortda qoldirgan.
Qayd etish joizki, Eldor Shomurodov 2023-yil Osiyo kubogining saralash bosqichi doirasida Maldiv orollariga qarshi o‘yinda, Navruz Cup-2022 musobaqasining Ugandaga qarshi kechgan final bahsida xet-trik rasmiylashtirgan edi. Bundan tashqari, u Janubiy Sudan bilan o‘rtoqlik uchrashuvda dublga mualliflik qilgan edi.
Eslatib o‘tamiz, Eldor Shomurodov o‘tgan yili O‘zbekistonda yilning eng yaxshi futbolchisi deb topilgan edi.
Yangiliklar lentasi
0