Jamiyat

Toshkent viloyatining toʻrt tumanida tadbirkorlarga soliq imtiyozlari beriladi

© Oʻzbekiston rezidenti matbuot xizmatiShavkat Mirziyoyev
Shavkat Mirziyoyev  - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 22.09.2022
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Piskent, Boʻka, Bekobod va Oqqoʻrgʻon tumanlarida 2025 yil 1 yanvarga qadar yer, mol-mulk, aylanmadan olinadigan soliqlarni 1 foiz, foyda soligʻi stavkasini 50 foiz miqdorida belgilashni buyurdi.
TOSHKENT, 22 sen - Sputnik. Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev bugun, 22 sentyabr kuni Xalq deputatlari Toshkent viloyati kengashining navbatdagi sessiyasida mazkur viloyatining tadbirkorlik yaxshi rivojlanmagan toʻrtta tumanidagi tadbirkorlarga soliq imtiyozlari berilishini aytdi.
Prezident matbuot xizmatiga koʻra, Toshkent viloyati hokimi lavozimiga nomzodi koʻrsatilgan Zoyir Mirzayev oʻz taqdimotida hududdagi eng dolzarb muammolar va ularning yechimi boʻyicha takliflar toʻgʻrisida axborot bergan. Jumladan, tadbirkorlikni rivojlantirish yoʻnalishida 150 ming nafar aholining doimiy bandligini taʼminlash, 40 mingta oilani kambagʻallikdan chiqarish, 15 mingta tadbirkorlar faoliyatini yoʻlga qoʻyish, 6,5 mingta xizmat va savdo obʼyektlari tashkil etish rejalashtirilgan.

Shulardan kelib chiqib, prezident mutasaddilarga:

joriy yilda oilaviy tadbirkorlik dasturlari uchun qoʻshimcha ravishda 200 milliard soʻm, kelgusi yil uchun yana 850 milliard soʻm yoʻnaltirish;
tadbirkorlik past rivojlangan Piskent, Boʻka, Bekobod va Oqqoʻrgʻon tumanlarida 2025 yil 1 yanvarga qadar yer, mol-mulk, aylanmadan olinadigan soliqlarni 1 foiz, foyda soligʻi stavkasini 50 foiz miqdorida belgilash, sotilmasdan turgan davlat mulki obʼyektlari boshlangʻich qiymatini 2 baravar kamaytirish;
yil yakunigacha 34 ta mahallada Xotin-qizlar bandligini taʼminlash markazlarini tashkil etishni topshirgan.
Shuningdek, Shavkat Mirziyoyev bor imkoniyatlardan samarali foydalansa, viloyatda sanoatni mutlaqo yangi bosqichga olib chiqish mumkinligini qayd etgan.
Mutasaddilarga:
sanoat zonalarini infratuzilma bilan taʼminlashga 250 milliard soʻm ajratish;
Angrenda kaolin xom-ashyosini chuqur qayta ishlab, farfor va keramika mahsulotlari ishlab chiqarish klasterini tashkil etish;
Bekobod tumanida chegara oldi savdo zonasini ishga tushirish;
viloyatdagi 100 ta mahalliy korxonani eksportchiga aylantirish dasturini amalga oshirish boʻyicha topshiriqlar berilgan.
Yangiliklar lentasi
0