Situatsiya na granitse Krыma s Ukrainoy - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 24.02.2022
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Rossiya 21 fevral kuni Donetsk va Lugansk xalq respublikalarini tan olishini eʼlon qildi, 24 fevral kuni esa Vladimir Putin Donbassda maxsus harbiy operatsiya boshlanganini maʼlum qildi. Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina harbiy infratuzilmasiga, xususan qurol-yarogʻ omborlari va aerodromlarga zarba berdi.

Ukrainada asirlikda boʻlgan 55 harbiy xizmatchi Rossiyaga qaytdi

© Sputnik / Kirill Norton / Mediabankka oʻtishBlokpost VS RF v Xarkovskoy oblasti
Blokpost VS RF v Xarkovskoy oblasti - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 22.09.2022
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Ozod qilinganlarning barchasi samolyotda Rossiyaga olib kelindi, harbiy xizmatchilar allaqachon qarindoshlari bilan bogʻlanishga muvaffaq boʻlgan.
TOSHKENT, 22 sen — Sputnik. Ukrainada asirlikda boʻlgan 55 nafar harbiy xizmatchi Rossiyaga qaytdi. Bu haqda Rossiya Mudofaa vazirligi maʼlum qildi.
“Almashtirish boʻyicha murakkab muzokaralar jarayoni natijasida bugun tunda Kiyev rejimi nazorati ostidagi Ukraina hududidan asirlikda oʻlim xavfi ostida qolgan Rossiya Federatsiyasi, Donetsk va Lugansk respublikalari Qurolli kuchlarining 55 nafar harbiy xizmatchisi qaytarildi”, deyiladi xabarda.
Ozod qilinganlarning barchasi samolyotda Rossiyaga olib ketilgan. Hozir ular Mudofaa vazirligining idoraviy shifoxonalarida boʻlib, ularga tibbiy-psixologik yordam koʻrsatilmoqda.
Harbiy xizmatchilar allaqachon qarindoshlari bilan bogʻlanishga muvaffaq boʻlgan.
24 fevraldan beri Rossiya Ukrainani denatsifikatsiya va demilitarizatsiya qilish boʻyicha harbiy maxsus operatsiya oʻtkazmoqda. Rossiya prezidenti Vladimir Putin uning vazifasi “sakkiz yil davomida Kiyev rejimi tomonidan tahqirlangan va genotsidga uchragan odamlarni himoya qilish” deb atagan.
Rossiya prezidentining soʻzlariga koʻra, yakuniy maqsad Donbassni ozod qilish va Rossiyaning oʻzi xavfsizligini kafolatlaydigan shart-sharoitlarni yaratishdir.
Yangiliklar lentasi
0