Jamiyat

Yangiyoʻlda III-IV asrga oid topilma aniqlandi

© Madaniy meros agentligi Yangiyoʻl tumani
Yangiyoʻl tumani - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 22.09.2022
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Topilmaning faqat 1 donasi siniq holatda boʻlib, qolgani nisbatan yaxshi saqlangan - tafsilotlar.
TOSHKENT, 22 sen — Sputnik. Toshkent viloyati Yangiyoʻl tumanida joylashgan xonadondan III-IV asrga oid topilma aniqlandi. Bu haqida Madaniy meros agentligi xabar berdi.
Eksponat xonadondagi qadimiy qabrdan topilgan. Qabr “Qovunchi” madaniyatiga oid boʻlib milodiy III-IV asrlarga qadar boʻlgan davrga tegishli.

“Qabrdan shu davrda yashagan odam suyak qoldiqlari, 1 ta skelet va 9 xil turli hajm va shakldagi sopol buyumlar topildi”, - deyiladi xabarda.

Qayd etilishicha, koʻzalardan faqat 1 donasi siniq holatda boʻlib, qolgani nisbatan yaxshi saqlangan. Shuningdek qabrdan 1 dona ayollar munchogʻi ham qazib olingan.
Ayni vaqtda topilma Yangiyoʻl shahar Usmon Yusupov uy muzeyida saqlanmoqda.
Yangiliklar lentasi
0