Boyevaya podgotovka podrazdeleniy VDV na poligone v zone SVO. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.02.2022
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Rossiya 21-fevral kuni Donesk va Lugansk xalq respublikalarini tan olishini e’lon qildi, 24-fevral kuni esa Vladimir Putin Donbassda maxsus harbiy operatsiya boshlanganini ma’lum qildi. Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina harbiy infratuzilmasiga, xususan qurol-yarog‘ omborlari va aerodromlarga zarba berdi.

Zaporojye viloyati Kiyevdan qo‘shinlarini olib chiqib ketishini talab qildi

© AP PhotoSpetsoperatsiya Rossii po zashite Donbassa
Spetsoperatsiya Rossii po zashite Donbassa - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 22.09.2022
Obuna bo‘lish
Zaporojye viloyati hududining 27 foizi, jumladan Zaporojye viloyati markazi Kiyev rejimi nazorati ostida qolmoqda.
TOShKENT, 22 sen — Sputnik. Ukraina qo‘shinlari Zaporojye viloyatining qolgan qismini zudlik bilan tark etishi kerak, aks holda referendumdan keyin ular bosqinchilar hisoblanadi. Bu haqda RIA Novosti agentligiga viloyat ma’muriyati bosh kengashi a’zosi Vladimir Rogov ma’lum qildi.
Bugungi kunda Rossiya harbiylari Zaporojye viloyati hududining qariyb 73 foizini nazorat qiladi, qolgan 27 foizi, jumladan Zaporojye viloyati markazi Kiyev rejimi nazorati ostida qolmoqda.
“Ukraina Qurolli kuchlari Zaporojye viloyatining qolgan qismini zudlik bilan tark etishi kerak. Aks holda, referendum o‘tkazilgach, mustaqillik e’lon qilinishi va viloyat Rossiya Federatsiyasi tarkibiga kirishi bilan Ukraina qo‘shinlari bosqinchi sifatida qabul qilinadi va ularning har qanday harakatlari Rossiyaga qarshi tajovuzdir”, dedi Rogov.
19 sentabr kuni DXR va LXR Jamoat palatalari respublikalar rahbarlari Denis Pushilin va Leonid Pasechnikga Rossiya tarkibiga qo‘shilish bo‘yicha zudlik bilan referendum o‘tkazish tashabbusi bilan murojaat qildi. Ertasi kuni DXR va LXR rasmiylari referendum 23-27 sentabr kunlari bo‘lib o‘tishini e’lon qildi. Shuningdek, 20-sentabr kuni Xerson va Zaporojye viloyatlari ma’muriyati referendumlarni xuddi shu sanalarda o‘tkazish rejasini e’lon qildi.
Yangiliklar lentasi
0