AQSh “do‘zaxga qarab ketapti” – Tramp

© AFP 2023 / MANDEL NGANDonald Tramp
Donald Tramp - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 23.09.2022
Obuna bo‘lish
Trampning so‘zlariga ko‘ra, amaldagi prezident Jo Bayden jahon sahnasida ojizligini ko‘rsatdi.
TOShKENT, 23 sen – Sputnik. Amerikaning sobiq prezidenti Donald Trampning fikricha, Amerika Qo‘shma Shtatlari “do‘zaxga qarab ketapti”, mamlakatga kuchli yetakchi kerak, aks holda “u omon qolmaydi”.
“Fox News” telekanaliga bergan intervyusida Tramp prezidentlik muddati tugaganidan keyin “radikal o‘zgarishlar”ni ko‘rganini aytdi.
“Mamlakatimiz jahannamga qarab ketapti, millatimiz tanazzulga yuz tutmoqda. Davlat tartibsizlik ichida”, dedi sobiq prezident.
Trampning so‘zlariga ko‘ra, amaldagi prezident Jo Bayden jahon sahnasida ojizligini ko‘rsatdi. Trampning fikricha, hozir Qo‘shma Shtatlarga, masalan, Xitoy rahbari Si Szinpin kabi “o‘tkir va aqlli” dunyo yetakchilari bilan muomala qilish uchun ham har qachongidan kuchli prezident kerak.
“Respublikachi yoki demokrat bo‘ladimi, men buyuk odamni ko‘rishni xohlayman. Men uning aql bovar qilmaydigan muvaffaqiyatlarga erishganini ko‘rishni afzal ko‘raman”, deya qo‘shimcha qildi Tramp.
Sobiq prezident 2024-yilgi saylovlarda o‘z nomzodini ko‘rsatish haqidagi taxminlarni tasdiqlamadi, ammo bunday imkoniyatni inkor ham etmadi.
Yangiliklar lentasi
0