Ayrim farmatsevtika mahsulotlari bojxona bojidan ozod qilindi

© Sputnik / Andrey Starostin / Mediabankka o‘tishProizvodstvo vaksini protiv grippa A/H1N1
Proizvodstvo vaksini protiv grippa A/H1N1  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 23.09.2022
Obuna bo‘lish
Farmatsevtika uchun ayrim xomashyo va uskuna turlari bojxona bojidan ozod qilindi.
TOShKENT, 23 sen – Sputnik. Farmatsevtika uchun ayrim xomashyo va uskunalarni O‘zbekistonga import qilish bojxona bojlaridan ozod etildi. Bu haqda 21-sentabr kuni qabul qilingan Vazirlar Mahkamasining 519-son qarorida belgilangan.
Hujjat bilan bojxona bojidan ozod qilinadigan, quyidagilarni o‘z ichiga olgan materiallar va uskunalar ro‘yxati tasdiqlandi:
farmatsevtika mahsulotlari ishlab chiqaruvchilar, farmatsevtika mahsulotlarining ulgurji savdosi bilan shug‘ullanuvchi korxonalar, ixtisoslashgan ilmiy-tadqiqot institutlari va oliy ta’lim muassasalari tomonidan olib kelinadigan laboratoriya hayvonlarini boqish, klinik-oldi tadqiqotlar va dori vositalari ishlab chiqarish uchun ishlatiladigan xomashyo va materiallar, tibbiy buyumlar va qadoqlash materiallari ro‘yxati;
texnologik va laboratoriya uskunalari, ularning butlovchi va ehtiyot qismlari ro‘yxati;
farmatsevtika ishlab chiqarish binolari uchun “toza xonalar”, sendvich-panellar va ventilyatsiya tizimlari ro‘yxati.
Bojxona kodeksiga muvofiq tovarlar shartli chiqarib yuborilgan paytdan e’tiboran 3-yil ichida boshqa maqsadlarda foydalanilgan taqdirda, berilgan bojxona imtiyozlari bekor qilinadi.
Yangiliklar lentasi
0