BRIKS davlatlar hududiy yaxlitligini hurmat qilishga va’da berdi

© AFP 2023 / WU HONGFlagi stran-uchastnis BRIKS
Flagi stran-uchastnis BRIKS - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 23.09.2022
Obuna bo‘lish
BRIKS davlatlari mamlakatlar o‘rtasidagi kelishmovchiliklarni tinch yo‘l bilan hal etish tarafdori ekanini ta’kidladi.
TOShKENT, 23 sen – Sputnik. BRIKS davlatlari (Braziliya, Rossiya, Hindiston, Xitoy, Janubiy Afrika) barcha davlatlarning suvereniteti va hududiy yaxlitligini hurmat qilishga va’da berdi, mamlakatlar o‘rtasidagi kelishmovchiliklarni tinch yo‘l bilan hal etishga sodiqliklarini ta’kidladi. Bu haqda BMT Bosh Assambleyasining 77-sessiyasi doirasida bo‘lib o‘tgan tashqi ishlar vazirlari yig‘ilishi yakunlari bo‘yicha bayonotda aytilgan.
“Vazirlar barcha davlatlarning suvereniteti va hududiy yaxlitligini hurmat qilishga va’da berdi, mamlakatlar o‘rtasidagi kelishmovchiliklarni muloqot va maslahatlashuvlar yo‘li bilan, tinch yo‘l bilan hal etish tarafdori ekanini ta’kidladi hamda inqirozlarni tinch yo‘l bilan hal qilishga hissa qo‘shadigan barcha sa’y-harakatlarni qo‘llab-quvvatladi”, deyiladi bayonotda.
Ta’kidlanishicha, uchrashuv ishtirokchilari “nizolarni siyosiy va diplomatik vositalar orqali tinch yo‘l bilan hal etish bo‘yicha jamoaviy sa’y-harakatlarga sodiqligini yana bir bor tasdiqlagan va BMT Xavfsizlik Kengashining xalqaro tinchlik va xavfsizlikni saqlashdagi asosiy rolini e’tirof etgan”.
Vazirlar, shuningdek, “xalqaro huquq va BMT Nizomiga asoslanmagan har qanday majburlov choralaridan voz kechish zarurligini ta’kidlagan”.
Yangiliklar lentasi
0