“Bu shunchaki vahima qilish emas”: Dunyo Putinga quloq tutdi

© Press-slujba prezidenta RF / Mediabankka o‘tishObrashenie prezidenta RF V. Putina
Obrashenie prezidenta RF V. Putina - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 23.09.2022
Obuna bo‘lish
BMT Bosh Assambleyasidan bir kun oldin e’lon qilingan Vladimir Putinning nutqi hamma narsani ostin-ustun qildi. Bosh Assambleyaning kun tartibidagi barcha masalalar chippakka chiqdi. Bayden yordamchilari uning nutqini qayta yozishga kirishishdi.
Jo Baydenning spichrayterlari uning nutqini tezda qayta yozib chiqishga shoshib qolishdi. Uni AQSh prezidenti minbardan turib so‘zlashi kerak edi. Putinning nutqi ortidan Rossiyaning tajovuzkorligi qoralandi. To‘g‘risini aytganda, bunga tinchgina ko‘nikib bo‘lmaydi- xoh Gruziyada bo‘lsin, xoh Suriyada, yoki aytaylik endi Ukrainada, - bizga har doim “tajovuz” yorlig‘ini yopishtirishadi. Go‘yoki biz kuppa-kunduzi g‘arblik sheriklarimiz bizning tinch-xotirjam shahar qishloqlarimizda raketalar uchirib yurishiga jimgina qarab turishimiz kerakdek. O‘zlari tomondan javob - yo‘q. Nima ham derdik, endi bunaqasi bo‘lmaydi.
Baydenning Bosh Assambleyadagi nutqi arafasida The Washington Post gazetasi unga Putinga Ukraina haqida “qattiq tanbeh” berishni maslahat berdi. Xo‘sh, to‘g‘risini aytganda, AQSh prezidenti yosh emas, va bu ish unchalik o‘xshamadi. Bayden Rossiyaning BMT Xavfsizlik Kengashining a’zosi ekanligi va shu bilan birga, go‘yo o‘z maxsus harbiy operatsiyasi bilan “BMT Nizomining asosiy tamoyillarini buzganligi”ni ta’kidladi. Amerikaliklarga bu Xavfsizlik Kengashini kengaytirishga urinish uchun imkoniyat bo‘lishi kerak, unga yangi a’zoni taklif qilish va Kengashning doimiy va doimiy bo‘lmagan a’zolari sonini ko‘paytirishga sabab bo‘lishi kerak edi.
Bu Vashington rejimining uzoq yillardan buyon orzusi - o‘zining eng sodiq vassallaridan birini Xavfsizlik Kengashining doimiy a’zolari safiga kiritib, Rossiya va Xitoyga bosim o‘tkazishga yordam berish.
Shu bilan birga nomzodlar ham eng ajablanarli - masalan, Germaniya. Olaf Shols bu fikrga qattiq qarshi. Fashist bosqinchilarining dahshatli jinoyatlarini eslaydigan odamlar hamon tirik. Bugun Donbassda xalqimizning qonini to‘kayotgan bu yirtqich hayvonlarning merosxo‘rlari esa allaqachon dunyoni boshqarmoqchi, BMTga asos solgan Ikkinchi jahon urushi g‘oliblari safiga kirib olishmoqchi. Yana boshqa nomzod - faqat kulmang - Yaponiya. Nemislarning urush jinoyatchilari rekordini yangilay olgan dunyodagi yagona mamlakat.
Nima bo‘lganda ham Yaponiya va Germaniyaning BMT Xavfsizlik kengashiga qanday olib kirish - dargumon. Chunki bunga Ikkinchi jahon urushi vaqtida aynan ushbu ikki davlatdan ulkan zarar ko‘rgan Rossiya va Xitoy bunga veto qo‘yadi. Demak, bularning barchasi hozircha quruq gap.
“Rossiyaga hech kim tahdid qilmagan va Rossiyadan boshqa hech kim mojaroga chiqarishga harakat qilmagan”- Bayden yana o‘sha safsatasini takrorladi. Bu yerda guyoki Putin "shunchaki be’mani yadroviy tahdidlar" bilan chiqqandek ko‘rsatishga urinishdi.
Demak, amerikaliklar Ukraina hududlariga milliardlab pul tashlagan, u yerga tonnalab qurol jo‘natgan, qurolli kuchlarini o‘qitgan, razvedka ma’lumotlarini taqdim etgan, “yollanma askarlar” afsonasi ostida o‘z harbiylarini u yerga jo‘natgan. Amerika qurollaridan rus odamlarini o‘ldirishgan. Inglizcha gaplashadigan qayoqdagi mishiqi yigitchalar Rossiya bayroqlarini Izumdan yirtib olishgan. Va xuddiki bularning barchasi Rossiyaga tahdid bo‘lmagandek. To‘g‘ri, qarilik kasalliklari aqliy imkoniyatlarga ham ta’sir qiladi. Ammo bu qarilik kasalliklari Baydenning spichrayterini ham betob qilishini kim ham bilibdi deysiz?
Nutqning Xitoyga bag‘ishlangan qismi kutilmaganda tinchlikparvar chiqibdi. Mahalliy tahlilchilar Amerika prezidenti o‘z nutqida Xitoyga kamida urush e’lon qilishini kutishgan. Ammo, aftidan, Rossiya masalasi shunchalik murakkab bo‘lib chiqdiki, ular Uzoq Sharq qanotida sekinlashishiga to‘g‘ri keldi. Bayden inson huquqlarini hurmat qilmaslik haqida nimalardir deb g‘o‘ldiradi, ammo AQSh “Xitoy bilan ziddiyatni istamaydi” deb ishontirdi. Darhaqiqat, ikki frontda - bir vaqtning o‘zida Rossiya va Xitoyga qarshi - ko‘p urush qilish imkonsiz.
Britaniyada ham Putinning nutqiga Amerika qo‘llanmalari bo‘yicha izoh berishdi. Mamlakat TIV rahbari Jeyms Kleverli tushunmovchilikni ifodaladi:“Biz axir hech qachon Rossiyaga tahdid qilmagan edik, hech qachon uning hududiy yaxlitligiga teginmagan edik”. Xuddiki- buni qayerdan olishdi? Ben Uolles esa qisman safarbarlik haqidagi qonun “Ukrainaga bostirib kirish muvaffaqiyatsizlikka uchraganligini” belgisi deb qaror qilibdi.
Men Angliya vaziri qachon dunyo xaritasiga qaraganini bilmayman, ammo unga tushuntirib qo‘yishni istardim. Uch kundan keyin, referendumdan so‘ng, millionlab odamlar 113 ming kvadrat kilometr maydonda Rossiyaga qo‘shiladi. Bu Buyuk Britaniyaning deyarli yarmi, Ben. Biz buni hayratlanarli darajada kam qon to‘kish bilan oldik - Rossiya Mudofaa vazirining xabar berishicha, Rossiya armiyasining qurbonlari olti mingdan kam odamni, Ukraina Qurolli kuchlarining yo‘qotishlari - 60 mingdan ortiqni tashkil etadi. Menimcha, muvaffaqiyatsizliklar biroz boshqacha ko‘rinadi. Masalan siz butun NATO bo‘lib Afg‘onistondan qochgandek. Mana buni muvaffaqiyatsizlik desa bo‘ladi.
Eng muhimi, Putinning murojaati Eski dunyo vakillarini xavotirga soldi. Bir necha soat davomida yevropaliklar Bosh Assambleyaning chetida o‘z pozitsiyalarini muvofiqlashtirib, dod-voy qildi. Ularni tushunish mumkin - agar biror nima yuz bersa, butun Yevropa va butun dunyo bo‘ylab radiatsiya olib keladigan “shamol atirgullari” haqidagi ishora aniq edi. Nihoyat, ular bir qarorga kelishdi va chuqur sarosimaga tushishdi.
Putinga har doim qo‘ng‘iroq qiladigan Makron esa safarbarlikni xato deb atadi. Olaf Shols esa “alamzadalik akti” dedi. Jozep Borrell maxsus operatsiya bilan bog‘liq barcha rossiyaliklarni hukm qilishga chaqirdi. Bundan tashqari, biz YeIdan yana bir sanksiyalar paketini kutayotganga o‘xshaymiz – yo referendumlar uchunmi, yo safarbarlik sababmi, yoki xullas, ularning o‘zlari ham bilishmaydi. Bularning barchasi juda achinarli ko‘rinadi.
Boshidanoq deyarli butunlay amerikaliklar ta’siriga tushib qolgan BMT Bosh Assambleyasining maqsadi Rossiyani namoyishkorona “jazolash” edi. Vashington Rossiya-Ukraina mojarosida betaraflikka qat’iy rioya qiladigan dunyo mamlakatlarini o‘z tomoniga tortishni rejalashtirgan. Bir tomondan, ularga ikkinchi darajali sanksiyalar bilan iqtisodni pastga tushirish bilan tahdid qilishdi. Boshqa tomondan, ularga ruhiy bosim o‘tkazishdi: agar bizni qo‘llab-quvvatlamasangiz, biz sizni yakkalab qo‘yishga harakat qilamiz.

Xitoylik jurnalistlar ta’biri bilan aytganda, BMT Bosh Assambleyasi “G‘arbning garovi”ga aylandi. Biroq, Moskvadan kutilmagan xabar ko‘p narsani o‘zgartirdi. Dunyoning eng muhim davlatlari rahbarlari “dunyo tomoniga o‘tishdan” bosh tortdilar.

Nyu-Yorkka kelgan Meksika tashqi ishlar vaziri Marselo Ebrard Meksika prezidenti Andres Manuel Lopes Obrador Ukrainadagi qarama-qarshilikni tinch yo‘l bilan hal qilish bo‘yicha o‘z rejasiga sodiqligini tasdiqladi. Meksika rahbariyati ham Rossiyaga qarshi sanksiyalarga qarshi.
Braziliya prezidenti Jair Bolsonaru Bosh Assambleyada xuddi shunday ruhda gapirdi. U G‘arb davlatlaridan dialog va mojarolarni hal qilishga aralashmaslikni talab qildi, shuningdek, “bir qutbli” sanksiyalarni keskin qoralashini aytdi.
Rasmiy Xitoy bu tinchlikparvar intilishlarga qo‘shildi, shuningdek, muzokaralar o‘tkazish va mojaroni hal qilishga chaqirdi. Biroq, qizig‘i shundaki, Putin nutqidan so‘ng Si Szinpin xitoylik darhol harbiylarga – milliy mudofaa bo‘yicha seminar ishtirokchilariga murojaat qildi va armiyani jangovar harakatlarga tayyorlanishga chaqirdi. Buning ajablanarli joyi yo‘q: amerikaliklar Tayvanni ikkinchi Ukrainaga aylantirish uchun hamma narsani qilishdi. Keyin, Xitoy Xalq Ozodlik armiyasiga duch keldi va Vashington yana o‘zini hech narsa bilmaslikka oldi - axir biz sizga tahdid qilmagandik...
Xitoylik siyosatshunoslar Putinning qisman safarbarlik haqidagi qaroriga xayrixoh, ammo ular bu muzokaralarni ma’nosiz qiladi va muqarrar qarama-qarshilikni yanada uzoq davom etishiga oldib keladi. Urush qanchalik uzoq davom etsa, shunchalik xavfli va oldindan aytib bo‘lmaydigan bo‘ladi. Voqea fonida global yadroviy mojaro paydo bo‘ladi.
Dunyoviy qarama-qarshilikning baxtsiz jabrdiydasi bo‘lmish Ukraina esa - allaqachon unutilgan. Gap unda emas, balki G‘arbning o‘zini va butun dunyoni xavf ostiga qo‘yib, eng yirik yadroviy davlatni qo‘zg‘atayotganida. Endi esa butun dunyo – yetakchi siyosatchilardan tortib, divandagi jangchilargacha – ikkinchi kun Putinning “Bu po‘pisa emas” jumlasini muhokama qilmoqda.
“Men uning yadroviy quroldan foydalanishiga ishonmayman”,- deb xojalarini tinchlantirmoqda Vladimir Zelenskiy. “Yadroviy urushda g‘oliblar bo‘lmaydi”, - deb hayqirmoqda Jo Bayden. “Rossiya NATO bilan yadroviy jangda mag‘lub bo‘ladi” deb ishonch bilan valdiramoqda Shimoliy Atlantika alyansi bosh kotibi Yens Stoltenberg. “Agar Rossiya boshini suqsa, NATO uni uzib oladi”, - deb g‘o‘ldirab qo‘ydi NATOning Yevropadagi kuchlari qo‘mondoni sobiq o‘rinbosari, general Richard Shirreff.
Izohlar uchun tashakkur, albatta. Biz tushundik sizlarni. Boshqacha bo‘lishini kutmagan ham edik. G‘arbning ishlari pachava ekanligi allaqachon ma’lum edi. Ular o‘z holatlarini tiklay olishmayapti. Va yagona yechim sifatida to‘laqonli yadroviy urushni ko‘rishmoqda. Urush hammasini o‘zi hisob-kitob qiladi. Xullas, G‘arbning Ukrainani himoya qilish bahonasida navbatdagi yurishi boshlandi.
Nima ham derdik, mamlakatimizning ko‘p asrlik tarixida qiziq qonuniyat bor. Har yuz yillikda biz G‘arb poytaxtlarini ishg‘ol qilamiz. XVIII asrda Berlinni oldik. XIX asrda Parijni. XX asrda - yana Berlin. Aytish joizki, har bir bunday g‘alaba o‘nlab yillar davomida tinchlikni ta’minladi. Va biz ham ajoyib hayot kechirdik, Yevropa ham shapaolqni olib yana yaxshi yashashada davom etavergan. Odamlar o‘rtasida tinchlik va xayrixohlik bo‘lgan.
Bundan yetmish yetti yil muqaddam ota-bobolarimiz o‘z qonlarini to‘kib bizga o‘nlab yillarga yetadigan osoyishta hayotni ta’minlab berishgan edi. Lekin hozir bu davr tugagan ko‘rinadi. Demak, yana dunyoni zabt etish vaqti kelgan...
Yangiliklar lentasi
0