Chet ellik kuzatuvchilar LXRga yetib kelishdi keldi – MSK raisi

© Sputnik / RIA Novosti / Mediabankka o‘tishPodgotovka k referendumu o prisoyedinenii k RF
Podgotovka k referendumu o prisoyedinenii k RF - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 23.09.2022
Obuna bo‘lish
Respublika hududida 23-27 sentabr kunlari bo‘lib o‘tadigan referendumni kuzatish uchun yetib kelgan xorijiy kuzatuvchilar akkreditatsiya jarayonidan o‘tmoqda.
TOShKENT, 23 sen - Sputnik. Chet ellik kuzatuvchilar Rossiya Federatsiyasi tarkibiga qo‘shilish bo‘yicha referendumda ishtirok etish uchun Lugansk xalq respublikasiga yetib borgan, hozir ular akkreditatsiyadan o‘tkazilmoqda. Bu haqda LXR Markaziy saylov komissiyasi raisi Yelena Kravchenko ma’lum qildi.
“Bizda xorijiy kuzatuvchilar bo‘ladi, kuzatuvchilar bor, xorijiy kuzatuvchilar allaqachon LXR hududida, hozir ular akkreditatsiya jarayonidan o‘tmoqda va shunga ko‘ra, ular guvohnoma olgandan keyin o‘z vazifalarini bajarishga kirishadi”, dedi u.
Bugun, 23-sentabr kuni Donesk va Lugansk xalq respublikalari, shuningdek, Xerson va Zaporojye viloyatlarida Rossiya tarkibiga qo‘shilish bo‘yicha referendum boshlandi. Ovoz berish besh kun, 27-sentabrgacha davom etadi.
Aholi zudlik bilan referendum o‘tkazish tashabbusi bilan chiqdi. Respublikalar va viloyatlar vakillarining fikricha, Rossiyaga qo‘shilish ularning hududlari xavfsizligini ta’minlaydi va tarixiy adolatni tiklaydi. Rossiya prezidenti Vladimir Putin Donbass, Zaporojye va Xerson viloyatlari aholisi tomonidan qabul qilinadigan qarorni Rossiya qo‘llab-quvvatlashini aytdi.
Yangiliklar lentasi
0