Jamiyat

Dam olish kunlari iliq ob-havo saqlanib turadi – Oʻzgidromet

© AP Photo / Matthias SchraderDerevya s osenney listvoy naprotiv Dolomitovыx Alp v Italii
Derevya s osenney listvoy naprotiv Dolomitovыx Alp v Italii   - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 23.09.2022
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Dushanba kuni Buxoro, Navoiy viloyatlarida, seshanba kuni togʻ oldi va togʻli hududlarda yomgʻir yogʻadi.
TOSHKENT, 23 sen — Sputnik. Bugun va dam olish kunlari Oʻzbekiston hududining katta qismida biroz shamol bilan quruq va iliq ob-havo saqlanib turadi. Bu haqda Oʻzgidromet xabar berdi.
Ushbu kunlarda harorat asosan kechalari 13...18 daraja, kunduz kunlari 30...35 daraja atrofida boʻladi. Bu sentyabr oyining ushbu kunlari uchun oʻrtacha yillik harorat qiymatlaridan biroz yuqoridir.
Faqat respublikaning shimoliy hududlariga 25 sentyabr, yakshanba kuni Volga boʻyi hududlaridan nam va salqin havo massasi kirib kelishi boshlanadi. Qoraqalpogʻistonda va kechga tomon Xorazm viloyatida baʼzi joylarda yomgʻir yogʻadi, momaqaldiroq boʻlishi va shamol 15-20 m/s gacha, baʼzida 21-23 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-toʻzonlar kuzatilishi mumkin. Qoraqalpogʻistonning shimolida harorat pasayishi boshlanadi.
Keyingi haftaning boshida nam va salqin havo massasi kirib kelishi Oʻzbekistonning barcha hududiga tarqaladi. Respublika boʻyicha baʼzi joylarda shamol chang-toʻzonlar bilan 15-20 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda. Janubning eng chekkasida va Fargʻona vodiysida shamolning kuchayishi 21-23 m/s ga yetishi mumkin.
Dushanba kuni Buxoro, Navoiy viloyatlarida, seshanba kuni togʻ oldi va togʻli hududlarda yomgʻir yogʻadi. 2500 m dan yuqori boʻlgan baland togʻlarda yomgʻir qorga aylanadi. Dushanba kuni shimoliy viloyatlar boʻyicha, seshanba kuni esa respublikaning barcha hududlari boʻyicha salqinlashadi. Havo harorati kechalari 10...13 darajagacha, kunduz kunlari 22...25 darajagacha pasayadi.
Yangiliklar lentasi
0