DXR, LXR, Zaporojye va Xersonda referendumlar boshlandi

© Sputnik / RIA Novosti / Mediabankka o‘tishPodgotovka k referendumu o prisoyedinenii k RF
Podgotovka k referendumu o prisoyedinenii k RF - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 23.09.2022
Obuna bo‘lish
Bugun Toshkent vaqti bilan soat 10:00 da Donesk va Lugansk xalq respublikalari, shuningdek, Zaporojye va Xerson viloyatlarida referendumlarda ovoz berish boshlandi.
TOShKENT, 23 sen – Sputnik. Donesk va Lugansk xalq respublikalari, shuningdek, Zaporojye va Xerson viloyatlarida Rossiya tarkibiga qo‘shilish bo‘yicha referendumlarda ovoz berish boshlandi.
“Bugun Moskva vaqti bilan soat 08:00 da Donesk xalq respublikasining Rossiya Federatsiyasi tarkibiga subyekt sifatida qo‘shilishi bo‘yicha referendum o‘tkazish jarayoni boshlandi”, deydi DXR Markaziy saylov komissiyasi raisi Vladimir Visoskiy.
O‘z navbatida, LXR MSK a’zosi barcha bulletenlar saylov uchastkalariga yetkazilganini aytdi.
Zaporojye viloyatining Melitopol shahridagi referendumda ham ovoz berish soat 08:00 da boshlandi, deb xabar beradi RIA Novosti muxbiri.
19 sentabr kuni DXR va LXR Jamoat palatalari respublikalar rahbarlari Denis Pushilin va Leonid Pasechnikka Rossiya tarkibiga qo‘shilish bo‘yicha zudlik bilan referendum o‘tkazish tashabbusi bilan murojaat qildi. Ertasi kuni DXR va LXR rasmiylari referendum 23-27 sentabr kunlari bo‘lib o‘tishini e’lon qildi. Shuningdek, 20-sentabr kuni Xerson va Zaporojye viloyatlari ma’muriyati referendumlarni xuddi shu sanalarda o‘tkazish rejasini e’lon qildi. Rossiya prezidenti Vladimir Putin Rossiya referendum qarorlarini qo‘llab-quvvatlashini aytdi.
Yangiliklar lentasi
0