Futbol: O‘zbekiston Kamerunni mag‘lubiyatga uchratdi - foto

© Sportni rivojlantirish vazirligiO‘zbekiston milliy terma jamoasi
O‘zbekiston milliy terma jamoasi  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 23.09.2022
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston va Kamerun terma jamoalarining o‘rtoqlik uchrashuvi o‘zbekistonlik futbolchilar g‘alabasi bilan yakunlandi.
TOShKENT, 23 sen — Sputnik. O‘zbekiston milliy terma jamoasi Kamerunga qarshi o‘tkazgan o‘rtoqlik uchrashuvida g‘alabaga erishdi. Bu haqida Sportni rivojlantirish vazirligi xabar berdi.
Bugun O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zolari joriy yil Qatarda bo‘lib o‘tadigan JCh-2022ga yo‘llanma olgan Kamerun terma jamoasi bilan o‘rtoqlik uchrashuvida kuch sinashdi.
© Sportni rivojlantirish vazirligiO‘zbekiston milliy terma jamoasi
O‘zbekiston milliy terma jamoasi  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 23.09.2022
O‘zbekiston milliy terma jamoasi
O‘yinning 24-daqiqasida Eldor Shomurodovning ajoyib reydi va chiroyli uzatmasidan so‘ng Hojimat Erkinov hisobni ochishga muvaffaq bo‘ldi.
© Sportni rivojlantirish vazirligiO‘zbekiston milliy terma jamoasi
O‘zbekiston milliy terma jamoasi  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 23.09.2022
O‘zbekiston milliy terma jamoasi
Birinchi bo‘limning qolgan daqiqalarida darvozalar boshqa gol urilmadi va jamoalar 1:0 hisobi bilan tanaffusga chiqib ketishdi.
© Sportni rivojlantirish vazirligiO‘zbekiston milliy terma jamoasi
O‘zbekiston milliy terma jamoasi  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 23.09.2022
O‘zbekiston milliy terma jamoasi
77-daqiqaga kelib o‘zbekistonlik futbolchilar hisobdagi ustunligini mustahkamlashdi.
Bu safar Odil Hamrobekovning o‘ng qatondan jarima maydonchasiga uzatmasini Oston O‘runov darvozaga joylab qo‘ydi.
© Sportni rivojlantirish vazirligiO‘zbekiston milliy terma jamoasi
O‘zbekiston milliy terma jamoasi  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 23.09.2022
O‘zbekiston milliy terma jamoasi
Shu tariqa, O‘zbekiston MTJ Kamerunni 2:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi. Bu bilan Srechko Katanes shogirdlarining g‘alabali seriyasi 7ta o‘yinga yetdi.
© O‘zbekiston Futbol Assotsiatsiyasi
O‘zbekiston milliy terma jamoasi  - Sputnik O‘zbekiston
1/3
© O‘zbekiston Futbol Assotsiatsiyasi
O‘zbekiston milliy terma jamoasi  - Sputnik O‘zbekiston
2/3
© O‘zbekiston Futbol Assotsiatsiyasi
O‘zbekiston milliy terma jamoasi  - Sputnik O‘zbekiston
3/3
1/3
2/3
3/3
Yangiliklar lentasi
0