Ommaviy obyektlar loyihasini ishlab chiqishda majburiy tanlov o‘tkaziladi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaEskiz kompleksa "Suzuk ota"
Eskiz kompleksa Suzuk ota - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 23.09.2022
Obuna bo‘lish
2023 yil 1-aprelgacha “Shaffof qurilish” tizimida texnik nazorat ishlarini amalga oshiruvchi tadbirkorlarni baholash platformasi joriy qilinadi.
TOShKENT, 23 sen — Sputnik. Ommaviy ahamiyatga ega obyektlar eskiz loyihasini ishlab chiqish uchun arxitektura tanlovi majburiy o‘tkaziladi. Bu haqida prezident Shavkat Mirziyoyevning 22-sentabr kuni imzolagan 378-son qarorida aytib o‘tilgan.
Qarorga muvofiq, hokimliklar huzuridagi faoliyati tugatilayotgan “Yagona buyurtmachi xizmati” injiniring kompaniyalari 2023-yil 1-yanvarga qadar davlat unitar korxonasi shakliga o‘zgartiriladi.
2023 yil 1-yanvardan ommaviy ahamiyatga ega noyob va alohida muhim obyektlarning eskiz loyihasini ishlab chiqish uchun buyurtmachi xizmati tomonidan arxitektura tanlovi majburiy o‘tkaziladi.
2023 yil 1-iyulgacha fuqarolar uchun geolokatsiyasi ko‘rsatilgan holda, qurilish uchun berilgan barcha hujjatlar, qurilish nazoratini olib borishda chiqarilgan xulosalar bilan tanishish imkonini beruvchi ochiq elektron tizim yaratiladi.
Undan tashqari 2022-yil 1-dekabrgacha Kapital qurilish sohasida buyurtmachi xizmati to‘g‘risidagi nizomning yangi tahriri ishlab chiqiladi. Unda loyihaning qiymati yoki kapital qo‘yilmalar limitlarini maqbullashtirishda buyurtmachi xizmatiga to‘lanadigan xizmat haqini kamaytirish taqiqlanadi.
2023 yil 1-aprelgacha “Shaffof qurilish” tizimida texnik nazorat ishlarini amalga oshiruvchi tadbirkorlarni baholash platformasi joriy qilinadi.
Yangiliklar lentasi
0