O‘zbekiston elchisi BAA prezidentiga ishonch yorliqlarini topshirdi

© O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmatiO‘zbekiston elchisi BAA prezidentiga ishonch yorliqlarini topshirdi
O‘zbekiston elchisi BAA prezidentiga ishonch yorliqlarini topshirdi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 23.09.2022
Obuna bo‘lish
Tantanali marosim Abu-Dabidagi “Qasr Al-Vatan” qarorgohida bo‘lib o‘tdi.
TOShKENT, 23 sen – Sputnik. O‘zbekiston Respublikasining Birlashgan Arab Amirliklaridagi favqulodda va muxtor elchisi etib tayinlangan Abdulaziz Akulov ushbu mamlakat prezidenti Muhammad ibn Zayd Al-Nahayonga ishonch yorliqlarini topshirdi.
O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati xabariga ko‘ra, tantanali marosim Abu-Dabidagi “Qasr Al-Vatan” qarorgohida bo‘lib o‘tgan.
Bo‘lib o‘tgan qisqa suhbat chog‘ida BAA prezidenti bugungi kunda O‘zbekiston-BAA munosabatlari jadal rivojlanib, yangi amaliy mazmun bilan boyib borayotganinu ta’kidlagan.
Rasmiy Abu-Dabi O‘zbekiston bilan hamkorlikni yanada kengaytirish va mustahkamlash uchun barcha choralarini ko‘rishga tayyorligi qayd etilgan.
Yangiliklar lentasi
0