O‘zbekistonlik yosh kinorejissorlar xalqaro kinofestivalda g‘olib bo‘ldi

© Kinematografiya agentligi matbuot xizmati“48 hour film race” qisqa metrajli filmlar festivali
“48 hour film race” qisqa metrajli filmlar festivali - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 23.09.2022
Obuna bo‘lish
“48 hour film race” qisqa metrajli filmlar festivalida Timur Murodovning "Gastarbayter" filmi g‘olib bo‘ldi.
TOShKENT, 23 sen — Sputnik. Qozog‘istonning Olmaota shahrida o‘tkazilgan “48 hour film race” qisqa metrajli filmlar festivalida o‘zbekistonlik yosh kinorejissorlar to‘rt yo‘nalishda g‘oliblikni qo‘lga kiritdi. Bu haqda Kinematografiya agentligi matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, Mirzoulug‘bek Begibayevning “Ferma” filmi “Eng yaxshi fantastik film” nominatsiyasida, Ivan Xaritonovning “Miraj” filmi “Hakamlar hay’atining maxsus” nominatsiyasida, Maksim Koshelevning “Odin den” filmi “Eng yaxshi havaskor filmi” nominatsiyasida hamda Toshkent xalqaro kinofestivali doirasida bo‘lib o‘tgan “Kino besh kunda” loyihasi g‘olibi Temur Murodovning “Gastarbayter” filmi “Eng yaxshi talaba ishi” nominatsiyasida g‘olib deb topilgan.
Timur Murodov Nyu-York kino akademiyasida o‘qish uchun stipendiya olgan. Tanlovda 800 dan ortiq filmlar ishtirok etgan.
Ma’lumot uchun, Timur Murodov va uning “Kasseta” qisqa metrajli filmi “Ipak yo‘li durdonasi” XIV Toshkent xalqaro kinofestivali doirasida o‘tkazilgan “Kino 5 kunda” tanlovida birinchi o‘rinni egallagan edi.
Yangiliklar lentasi
0