Toshkent viloyatidagi 6 ta shaharda elektropoyezd qatnovi yo‘lga qo‘yiladi

© Sputnik / Aleksandr Vilf / Mediabankka o‘tishPodgotovka k otkritiyu Moskovskovskogo sentralnogo kolsa
Podgotovka k otkritiyu Moskovskovskogo sentralnogo kolsa - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 23.09.2022
Obuna bo‘lish
Toshkent viloyatidagi Bekobod, Olmaliq, Chirchiq, Angren, Yangiyo‘l va Ohangaron shaharlarida zamonaviy elektropoyezd qatnovi yo‘lga qo‘yiladi.
TOShKENT, 23 sen – Sputnik. Toshkent viloyatining Bekobod, Olmaliq, Chirchiq, Angren, Yangiyo‘l va Ohangaron shaharlariga zamonaviy elektropoyezd qatnovi yo‘lga qo‘yiladi. Bu haqda prezident Shavkat Mirziyoyev Nurafshon shahrida o‘tkazilgan yig‘ilishda so‘z ochdi.
Prezident matbuot xizmatiga ko‘ra, davlat rahbari yig‘ilishda bor imkoniyatlardan samarali foydalansa, viloyatda sanoatni mutlaqo yangi bosqichga olib chiqish mumkinligini qayd etgan.

Shuningdek, mutasaddilarga sanoat zonalarini infratuzilma bilan ta’minlashga 250 milliard so‘m ajratish, Angrenda kaolin xomashosini chuqur qayta ishlab, farfor va keramika mahsulotlari ishlab chiqarish klasterini tashkil etish, Bekobod tumanida chegaraoldi savdo zonasini ishga tushirish, viloyatdagi 100 ta mahalliy korxonani eksportchiga aylantirish dasturini amalga oshirish bo‘yicha topshiriqlar bergan.
Aytilgan muammo va takliflardan kelib chiqib, 840 tamahallada ichki yo‘llar, 579 tasida ichimlik va oqova suv, 589 tasida elektr va gaz ta’minoti, 396 tasida maktab, bog‘chava poliklinika ta’mirlash bo‘yicha ikki haftada dastur qabul qilib, bu boradagi ishlarni jadal boshlash vazifasini qo‘ygan. Jumladan:
Tashabbusli budjet doirasida eng ko‘p ovoz olgan loyihalar uchun150 milliard so‘m ajratish;
Osiyo taraqqiyot bankiningToshkent viloyatida ichimlik va oqova suv loyihasining 185 million dollarlik 3-bosqichini boshlash;
ichki yo‘llarni ta’mirlashga davlat budjetidan 155 milliard so‘m, qo‘shimcha mahalliy budjetdan 70 milliard so‘m ajratish topshirilgan.
Prezident Bekobod, Olmaliq, Chirchiq, Angren, Yangiyo‘l va Ohangaron shaharlariga zamonaviy elektropoyezd qatnovini yo‘lga qo‘yish vaqti kelganini ta’kidlab, transport vaziriga tegishli qaror loyihasini kiritishga ko‘rsatma bergan.
Yangiliklar lentasi
0