Ravshan Namozov vafot etdi

© Ravshan Namozov / FacebookRavshan Namozov
Ravshan Namozov - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.09.2022
Obuna bo‘lish
O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist, xonanda va bastakor Ravshan Namozov 61 yoshida vafot etdi.
TOShKENT, 24 sen - Sputnik. O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist, xonanda va bastakor Ravshan Namozov uzoq vaqt davom etgan kasallikdan so‘ng 61 yoshida vafot etdi. Bu haqda shoir Bobur Bobomurod o‘zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida ma’lum qildi.
Ravshan Namozov 1961-yilning 10-iyulida Surxondaryo viloyatining Termiz shahrida tug‘ilgan. Termiz musiqa bilim yurtini tamomlab, otasi — O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Abdurahmon Namozov va Shokir Mahmudovdan saboq olgan.
U faoliyatini 1989-yili tashkil etilgan “Qars” guruhida boshlagan. U 1985-yil Germaniya o‘tkazilgan “Yoshlar festivalida” va 1989-yili Olmaota shahrida tashkil etilgan “Osiyo ovozi” ko‘rik tanlovida Grand-Prini qo‘lga kiritgan. 1991-yildan buyon yakkaxon ijod qilayotgan xonanda 1993-yili O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist unvoni bilan taqdirlangan.
Xonanda zamonaviy surxon qo‘shiqlari bilan tinglovchilarga yaxshi tanish. Uning “Chipradalli”, “Kovushim”, “Yor-yor yoron-ey”, “Biyo-biyo”, “Xayol” kabi qo‘shiqlari san’at shinavandalarining ko‘nglidan joy olgan.
Yangiliklar lentasi
0