Jamiyat

Samarqand xalqaro aeroportida “Ochiq osmon” rejimi joriy etiladi

© Transport vazirligi matbuot xizmatiSamarqand xalqaro aeroporti
Samarqand xalqaro aeroporti - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 24.09.2022
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
2022 yil 1 oktyabrdan Samarqand xalqaro aeroportida “Ochiq osmon” rejimi joriy etiladi.
TOSHKENT, 24 sen - Sputnik. Oʻzbekistonning turizm salohiyatini oshirish, yangi barpo etilgan Samarqand xalqaro aeroporti imkoniyatlaridan toʻlaqonli foydalanish hamda aviatashuvlar bozorida raqobat muhitini rivojlantirish maqsadida 2022 yil 1 oktyabrdan Samarqand xalqaro aeroportida “Ochiq osmon” rejimi joriy etiladi.
Transport vazirligi matbuot xizmati xabariga koʻra, “Ochiq osmon” rejimi Samarqand xalqaro aeroportining texnik imkoniyatlarini inobatga olgan holda xalqaro huquq meʼyorlariga muvofiq xorijiy aviakompaniyalar uchun reyslar va yoʻnalishlar boʻyicha cheklovlarning bekor qilinishini anglatadi.
Endilikda xorijiy aviakompaniyalar havo qatnovi toʻgʻrisidagi hukumatlararo bitimning mavjud yoki mavjud emasligidan qatʼiy nazar Samarqand xalqaro aeroportiga aviaqatnovlarni amalga oshira oladi.
“Joriy yilning 1 oktyabr sanasidan Samarqand xalqaro aeroportida yangi tartibning joriy etilganligi toʻgʻrisida chet el aviatsiya maʼmuriyatlari oʻrnatilgan tartibda xabardor etiladi”, - deyiladi xabarda.
Yangiliklar lentasi
0