“Flydubai” Dubay-Namangan yo‘nalishida muntazam parvozlarni boshladi

Obuna bo‘lish
Dubay-Namangan yo‘nalishidagi pavozlar haftaning chorshanba va shanba kunlari amalga oshirilishi rejalashtirilgan.
TOShKENT, 25 sen — Sputnik. Birlashgan Arab Amirliklarining “Flydubai” aviakompaniyasi Dubay-Namangan-Dubay yo‘nalishida muntazam aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘ydi. Bu haqda Namangan viloyati hokimligi xabar berdi.
Aviakompaniyaning Dubay-Namangan yo‘nalishidagi ilk reysi 25-sentabrga o‘tar kechasi Namangan xalqaro aeroportiga kelib qo‘ngan. Boeing 737 havo kemasi yigirmaga yaqin yo‘lovchini Namanganga olib kelgan va u yerdan Dubayga 189 kishini olib ketgan.
© Xokimiyat Namanganskoy oblasti
“Flydubai” zapustila regulyarniy reys Dubay-Namangan - Sputnik O‘zbekiston
1/5
© Xokimiyat Namanganskoy oblasti
“Flydubai” zapustila regulyarniy reys Dubay-Namangan - Sputnik O‘zbekiston
2/5
© Xokimiyat Namanganskoy oblasti
“Flydubai” zapustila regulyarniy reys Dubay-Namangan - Sputnik O‘zbekiston
3/5
© Xokimiyat Namanganskoy oblasti
“Flydubai” zapustila regulyarniy reys Dubay-Namangan - Sputnik O‘zbekiston
4/5
© Xokimiyat Namanganskoy oblasti
“Flydubai” zapustila regulyarniy reys Dubay-Namangan - Sputnik O‘zbekiston
5/5
Dubay-Namangan yo‘nalishidagi parvozlar haftaning chorshanba va shanba kunlari, Namangan-Dubay yo‘nalishidagi aviaqatnovlar esa payshanba va yakshanba kunlari amalga oshirilishi rejalashtirilgan.
Ma’lumot o‘rnida, bugungi kunda “Flydubai” aviakompaniyasi O‘zbekistonning Toshkent va Samarqand shaharlariga muntazam aviaqatnovlarni amalga oshirib kelmoqda.
Avvalroq Rossiyaning “Yamal” aviakompaniyasi Moskva-Namangan yo‘nalishida o‘z parvozlarini boshlagani xabar qilingan edi.
Yangiliklar lentasi
0