Demokratlarning yarmidan ko‘pi Baydenni prezidentlikka nomzod sifatida ko‘rishni istamaydi

© Sputnik / Stringer / Mediabankka o‘tishPrezident SShA Djo Bayden
Prezident SShA Djo Bayden - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 26.09.2022
Obuna bo‘lish
Demokratlar va partiyaning mustaqil tarafdorlarining 56 foizi Bayden o‘rniga boshqa nomzod ko‘rsatishni xohlashlarini bildirgan.
TOShKENT, 26 sen — Sputnik. AQSh Demokratik partiyasi tarafdorlarining yarmidan ko‘pi 2024-yildagi navbatdagi prezidentlik saylovlarida amaldagi prezident Jo Bayden nomzodini qo‘llab-quvvatlamaydi. “The Washington Post” gazetasi va ABC News telekanali o‘tkazgan qo‘shma so‘rov natijalari shuni ko‘rsatdi.
So‘rov natijalariga ko‘ra, demokratlar va bu partiyaning mustaqil tarafdorlarining 56 foizi saylov vaqtida 82 yoshga to‘ladigan Bayden o‘rniga boshqa nomzod ko‘rsatishni xohlashlarini bildirgan.
Shu bilan birga, bu pozitsiya yosh demokratlar orasida ko‘proq uchragan - ularning 75 foizi boshqa nomzodni afzal ko‘radi. So‘ralgan demokratlarning atigi 35 foizi Bayden nomzodini qo‘llab-quvvatlagan.
So‘rov shuni ko‘rsatdiki, AQShning sobiq prezidenti Donald Trampning nomzodi uning partiyasi tarafdorlari orasida ko‘proq mashhur bo‘lib chiqdi – so‘ralgan respublikachilarning 47 foizi prezidentlik saylovlarida uning nomzodini qo‘llab-quvvatlashini aytgan, 46 foizi esa qarshi chiqqan.
So‘rov telefon orqali 18-21 sentabr kunlari o‘tkazilgan, unda 1006 kishi ishtirok etgan.
Yangiliklar lentasi
0