Boks: O‘zbekiston terma jamoasi JChda bronza medalini qo‘lga kiritdi

© Sportni rivojlantirish vazirligi O‘zbekiston terma jamoasi
O‘zbekiston terma jamoasi  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 26.09.2022
Obuna bo‘lish
O‘zbekistonlik bokschilar Milanda bo‘lib o‘tgan fransuz boksi “Savat”ning Assa yo‘nalishi bo‘yicha jahon chempionati bahslarida birinchi marotaba ishtirok etishdi.
TOShKENT, 26 sen — Sputnik. O‘zbekiston terma jamoasi o‘z tarixida birinchi marotaba Italiyaning Milan shahrida bo‘lib o‘tgan fransuz boksi “Savat”ning Assa yo‘nalishi bo‘yicha jahon chempionati bahslarida ishtirok etdi. Bu haqida Sportni rivojlantirish vazirligi xabar berdi.
Musobaqada dunyoning 50 ga yaqin mamlakatidan 250 nafardan ziyod sportchi g‘oliblik uchun ringga ko‘tarildi. O‘zbekistonlik vakillar 21-25-sentabr kunlari bo‘lib o‘tgan jahon chempionati bahslarida 2 ta bronza medalini qo‘lga kiritishdi.
Jumladan, -56 kg vazn toifasida ishtirok etgan Xojiakbar Bektanov hamda -60 kg vazn toifasida ishtirok etgan Avazbek Sobirov musobaqaning bronza medaliga sazovor bo‘lishdi.
“Ushbu turnir g‘olib va sovrindorlari 2023-yili Saudiya Arabistonida bo‘lib o‘tadigan butunjahon jangovor o‘yinlari yo‘llanmasiga ham ega chiqishi bilan ahamiyatli”, deyiladi xabarda.
Milanda bo‘lib o‘tgan turnirning birinchi kunida Xalqaro “Savat” federatsiyasi (FISav) Bosh assambleyasi bo‘lib o‘tdi va unda O‘zbekiston “Savat” assotsiatsiyasi bosh kotibi Shuxrat Xodjayev ishtirok etdi.
Tadbir davomida tashkil etilganiga ko‘p bo‘lmagan O‘zbekiston “Savat” assotsiatsiyasi qisqa vaqt ichida katta o‘sishga erishganligi e’tirof etilib, 2023-yilgi Osiyo chempionati bahslarini o‘tkazish bo‘yicha takliflar berildi.
Yangiliklar lentasi
0