Bugun ba’zi joylarda chang-to‘zon kuzatilishi mumkin — O‘zgidromet

© Press-slujba Uzbekistan AirportsMejdunarodniy aeroport Tashkenta
Mejdunarodniy aeroport Tashkenta - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 26.09.2022
Obuna bo‘lish
Kun davomida shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, respublika bo‘yicha ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayadi, Qoraqalpog‘istonda shamolning kuchayishi 21-23 m/s ga yetishi mumkin.
TOShKENT, 26 sen — Sputnik. Bugun kunduz kuni O‘zbekiston bo‘yicha yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat Navoiy viloyatining ba’zi joylarida biroz yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Bu haqda O‘zgidromet xabar berdi.
Qayd etilishicha, kun davomida shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, respublika bo‘yicha ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayadi, Qoraqalpog‘istonda shamolning kuchayishi 21-23 m/s ga yetishi mumkin, ayrim joylarda chang to‘zonlar kuzatilishi ehtimoli bor. Havo harorati 30...35 darajani, shimolida 20...25 darajani tashkil etadi.
Toshkentda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol 3-8 m/s tezlikda esadi, kechga tomon 12-15 m/s gacha kuchayishi mumkin. Havo harorati 32...34 daraja bo‘ladi.
Tog‘li hududlarda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayadi, ba’zida esa 21-23 m/s gacha kuchayishi mumkin. Havo harorati 22...27 daraja bo‘ladi.
Yangiliklar lentasi
0