Mo‘ynoqda Orol baliqlaridan pishirilgan taomlar festivali bo‘lib o‘tadi

© Press-slujba Ministerstva turizmaV Muynake proydet festival ribnix blyud
V Muynake proydet festival ribnix blyud - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 26.09.2022
Obuna bo‘lish
Festival davomida mahalliy oshpazlarning baliq taomlarini tayyorlash bo‘yicha mahorat darslari, oshpazlar o‘rtasida bellashuv kabi tadbirlar o‘tkaziladi/
TOShKENT, 26 sen — Sputnik. Qoraqalpog‘iston Respublikasining Mo‘ynoq tumanida "Orol baliqlaridan 99 tur taomlar" gastronomik festivali o‘tkaziladi. Bu haqida Turizm va madaniy meros vazirligi xabar berdi.
Festival 29–30 sentabr kunlari bo‘lib o‘tadi.
Festivaldan quyidagi tadbirlar joy olgan:
Mahalliy oshpazlarning baliq taomlarini tayyorlash bo‘yicha mahorat darslari;
Oshpazlar o‘rtasida bellashuv;
Mahalliy hunarmandlarning ko‘rgazmalari;
Milliy estrada va folklor ijrochilari, milliy raqs ansambli tomonidan konsert dasturi va boshqa ko‘ngilochar tadbirlar namoyishi;
Musobaqa g‘oliblarini taqdirlash marosimi.
Festivalning asosiy maqsadi Qoraqalpog‘istonda, xususan, Mo‘ynoq tumanida o‘ziga xos bo‘lgan gastronomik turizm salohiyatini keng targ‘ib qilish, hududda madaniy va ko‘ngilochar tadbirlar sonini ko‘paytirish va bu orqali hududga tashrif buyuruvchi mahalliy va xorijiy turistlarning sonini yanada ko‘paytirishdan iborat.
Yangiliklar lentasi
0