O‘zbekiston va Gruziya bojxona sohasida hamkorlik qiladi

© Press-slujba GTKAkmalxuja Mavlonov i glava slujbi doxodov Levan Kakava podpisali protokol o predvaritelnom obmene informatsiyey
Akmalxuja Mavlonov i glava slujbi doxodov Levan Kakava podpisali protokol o predvaritelnom obmene informatsiyey - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 26.09.2022
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston Gruziyaning bojxona nazorati tartibotlarini soddalashtirish va raqamlashtirishdagi tajribasini o‘rganmoqchi.
TOShKENT, 26 sen — Sputnik. O‘zbekiston va Gruziya bojxona xizmatlari professional kadrlarni tayyorlash to‘g‘risida hamkorlik Memorandumini imzoladi.
Hujjat O‘zbekiston Davlat bojxona qo‘mitasi raisi Akmalxo‘ja Mavlonov boshchiligidagi delegatsiyaning Gruziyaga amaliy tashrifi davomida imzolandi.
20-23 sentabr bo‘lib o‘tgan tashrif chog‘ida Gruziya Moliya vazirligining Daromadlar xizmati rahbari Levan Kakava bilan muzokaralar olib borildi. Uchrashuv yakunida Axborotlarni oldindan almashishga doir bayonnoma ham imzolandi. Hujjat bojxona rasmiylashtiruvi vaqtini qisqartirish, jarayonlarni soddalashtirishga xizmat qilishi lozim.
Mavlonov muzokaralarda Gruziya bojxona nazorati tartibotlarini soddalashtirish va raqamlashtirishda qisqa muddatda tub o‘zgarishlar qila olgani bilan alohida ahamiyatga ega mamlakat hisoblanishini ta’kidladi. Shu jihatdan Gruziya tajribasi va yutuqlarini o‘rganish, o‘zlashtirish muhimligini qayd etdi.
O‘zbekiston delegatsiyasi “Tbilisi” bojxona rasmiylashtiruvi hududida ham bo‘ldi.
DBQ raisi deklaratsiyalarning rasmiylashtirilishi jarayonlarini yaqindan ko‘zdan kechirdi va mas’ullarga ilg‘or tajribalarni puxta o‘zlashtirish yuzasidan topshiriqlar berdi
Yangiliklar lentasi
0