Samarqandda Rossiya-O‘zbekiston ta’lim forumi bo‘lib o‘tadi

© Sputnik / Mixail Klimentyev / Mediabankka o‘tishGosudarstvennie flagi Rossii i Uzbekistana
Gosudarstvennie flagi Rossii i Uzbekistana - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 26.09.2022
Obuna bo‘lish
Maktabgacha ta’lim vaziri Agrippina Shin Rossiya Federatsiyasi prezidentining Xorijiy davlatlar bilan mintaqalararo va madaniy aloqalar bo‘yicha devoni referenti A.Vlasov bilan muzokaralar o‘tkazdi.
TOShKENT, 26 sen — Sputnik. Samarqandda uchinchi O‘zbekiston-Rossiya ta’lim forumi bo‘lib o‘tadi. Bu haqida Maktabgacha ta’lim vazirligi xabar berdi.
Maktabgacha ta’lim vaziri Agrippina Shin Rossiya Federatsiyasi prezidentining Xorijiy davlatlar bilan mintaqalararo va madaniy aloqalar bo‘yicha devoni referenti A.Vlasov bilan uchrashdi.
“Muzokaralar chog‘ida... 22-24 oktabr kunlari Samarqand shahrida bo‘lib o‘tadigan “Rossiya-O‘zbekiston” uchinchi ta’lim forumini samarali tashkil etish va o‘tkazish masalalari muhokama qilindi”, deyiladi xabarda.
Uchrashuv yakunlari bo‘yicha tomonlar Toshkent va Moskva shaharlari o‘rtasida maktabgacha ta’lim bo‘yicha muloqotni davom ettirish uchun ikki tomonlama muntazam muzokaralarni davom ettirish muhimligiga kelishib olishdi.
Eslatib o‘tamiz, vazirlik Rossiya ta’lim muassasalari bilan faol hamkorlik qilmoqda. Jumladan, Rossiya ta’lim vazirligi ko‘magida Rossiya davlat pedagogika universitetining Toshkent filialida “Mittivoy” (Malish) loyihasi ishga tushirilgan.
Yangiliklar lentasi
0