Saudiyalik professor 350 dan ortiq noyob kitoblarni O‘zbekistonga taqdim etdi

© “Dunyo” AASaudiyalik professor 350 dan ortiq noyob kitoblarni O‘zbekiston ilmiy muassasalariga taqdim etdi
Saudiyalik professor 350 dan ortiq noyob kitoblarni O‘zbekiston ilmiy muassasalariga taqdim etdi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 26.09.2022
Obuna bo‘lish
Nadiya Buxoriy ko‘p yillar davomida to‘plagan ilm-fanning turli sohalariga oid 350 dan ortiq kitoblarni O‘zbekistonning ilmiy muassasalariga taqdim etdi.
TOShKENT, 26 sen — Sputnik. Saudiyalik professor Nadiya Buxoriy 350 dan ortiq noyob kitoblarni O‘zbekiston ilmiy muassasalariga taqdim etdi. Bu haqda “Dunyo” axborot agentligi xabar berdi.
Qayd etilishicha, O‘zbekiston Bosh konsulligi xodimlarining Makka shahridagi “Ummul Quro” universiteti professori, doktor Nadiya Ibrohim Buxoriy bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tgan. Suhbat chog‘ida professor O‘zbekiston Imom Buxoriy, Imom Termiziy, Mahmud Zaxashariy, Ibn Sino va Abu Rayhon Beruniy kabi buyuk mutafakkir olimlar yurti ekanligini alohida ta’kidlagan. U, shuningdek, ota-bobolari yurti – O‘zbekistonga qilgan sermazmun safarini ham yodga olgan.
“Uchrashuvda Nadiya Buxoriy ko‘p yillar davomida to‘plagan ilm-fanning turli sohalariga oid 350 dan ortiq kitoblarni O‘zbekistonning ilmiy muassasalariga yetkazishni so‘rab Bosh konsulxonaga taqdim etdi”, - deyiladi xabarda.
Nashrga ko‘ra, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti huzurida tashkil etilgan Arab tili markaziga hamda O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi, Samarqanddagi Imom Buxoriy ilmiy tadqiqotlar markazi va Hadis ilmi maktabiga taqdim etiladigan ushbu noyob adabiyotlar yaqin kunlarda O‘zbekistonga yetkaziladi.
Yangiliklar lentasi
0