“Umra qo‘llanmasi” mobil ilovasidan qanday ma’lumotlarni topish mumkin

© Sputnik / Mixail Voskresenskiy / Mediabankka o‘tishPalomniki v doline Arafata v Saudovskoy Aravii
Palomniki v doline Arafata v Saudovskoy Aravii - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 26.09.2022
Obuna bo‘lish
O‘zbekistonlik ziyoratchilar uchun “Umra qo‘llanmasi” ilovasi ishga tushirilgan.
TOShKENT, 26 sen — Sputnik. “Umra qo‘llanmasi”da Umra safari davomida lozim bo‘ladigan zarur barcha ma’lumotlar tafsilotlarigacha qisqa, sodda va lo‘nda bayon etilgan. Bu haqda O‘zbekiston musulmonlari idorasi ma’lum qildi.
Unda "Safarga tayyorgarlik" va "Islom tarixiga oid joylar" nomli bo‘limlari mavjud. Ilovada safarda muhim bo‘lgan duolar ovozli shaklda batafsil bayon etilgan.
Shu bilan birga, ziyorat qilish odoblari, muborak shahar va masjidlarning fazilatlari, muborak safar tartib-qoidalari kabi bir qator ruknlarda zarur ma’lumotlarni bilib olish mumkin.
Mobil ilovani Google Play va App Store orqali yuklab olish mumkin.
Yangiliklar lentasi
0