Iqtisod

Davlat idoralari maʼlumotlar bazasidan pulli asosda foydalanish imkoniyati yaratildi

Rabocheye mesto - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 27.09.2022
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Hukumat davlat idoralarining maʼlumotlar bazalaridagi maʼlumotlardan pulli foydalanishga ruxsat berdi.
TOSHKENT, 27 sen — Sputnik. Hukumatning 20 sentyabrdagi qarori bilan “Elektron hukumat” tizimining raqamli maʼlumotlar platformasi orqali elektron hamkorlik va axborot almashinuvi tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi, deb xabar berdi Norma.uz.
Platforma orqali tijorat va boshqa xoʻjalik yurituvchi subʼyektlar davlat idoralarining maʼlumotlar bazalaridagi maʼlumotlardan pulli asosda foydalanish imkoniyatiga ega boʻladilar.
Platformaga ulanish uchun savdo korxonalari va boshqa xoʻjalik yurituvchi subʼyektlar AKT vazirligi huzuridagi Elektron hukumat loyihalarini boshqarish markaziga (e-gov.uz) soʻrov yuborish kerak boʻladi. Platformaga ulanish toʻgʻrisida ijobiy qaror qabul qilinganda markaz va foydalanuvchi oʻrtasida shartnoma tuziladi.
Platformaga ulanish xavfsiz VPN tarmogʻi orqali amalga oshiriladi. Har bir soʻrov narxi BHM 0,1 foizidan 2 foizigacha (300 soʻmdan 6000 soʻmgacha) boʻladi. Foydalanuvchilar oʻz maʼlumotlarini shartnoma asosida boshqa foydalanuvchilarga taqdim etishi mumkin
Yangiliklar lentasi
0