Farg‘ona va Surxondaryo viloyati janubida kuchli shamollar bo‘lishi mumkin - O‘zgidromet

© Sputnik / Maks Vetrov / Mediabankka o‘tishVeter
Veter - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 27.09.2022
Obuna bo‘lish
Bugun respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarda harorat +13-18 daraja bo‘ladi.
TOShKENT, 27 sen — Sputnik. Bugun kunduz kuni O‘zbekiston bo‘yicha havo harorati +22-27 darajani tashkil etadi. Bu haqida O‘zgidromet xabar berdi.
Respublika bo‘yicha yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, respublika bo‘yicha ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayadi.
Surxondaryo viloyatida va Farg‘ona vodiysi viloyatlarida shamolning kuchayishi 21-23 m/s ga yetishi, ayrim joylarda chang to‘zonlar kuzatilishi mumkin.
Poytaxtda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol 5-10 m/s tezlikda esadi, 12-15 m/s gacha kuchayishi mumkin. Havo harorati +25-27 daraja bo‘ladi.
Tog‘ oldi va tog‘li hududlarda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarda shamol 15-20 m/s gacha kuchayadi, ba’zida 21-23 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat +13-18 daraja bo‘ladi.
Yangiliklar lentasi
0