Sport

Futbol: Oʻzbekiston soʻnggi daqiqalarda Kosta-Rikaga yutqazib qoʻydi

Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Oʻzbekiston jamoasi Qatarda boʻladigan futbol boʻyicha jahon chempionatiga yoʻllanma olgan Kosta-Rikaga qarshi maydonga tushdi.
TOSHKENT, 27 sen — Sputnik. Futbol boʻyicha Oʻzbekiston milliy terma jamoasi Kosta-Rikaga qarshi boʻlib oʻtgan oʻrtoqlik uchrashuvida magʻlub boʻldi.
Jamoalar oʻrtasidagi bahs Janubiy Koreyaning “Suwon World Cup” stadionida boʻlib oʻtdi. Qayd etish joizki, Kosta-Rika shu yil Qatarda boʻladigan jahon chempionatiga yoʻllanmani qoʻlga kiritgan.
© Assotsiatsiya futbola Uzbekistana
Match Uzbekistan-Kosta-Rika - Sputnik Oʻzbekiston
1/3
© Assotsiatsiya futbola Uzbekistana
Match Uzbekistan-Kosta-Rika - Sputnik Oʻzbekiston
2/3
© Assotsiatsiya futbola Uzbekistana
Sbornaya Uzbekistana po futbolu - Sputnik Oʻzbekiston
3/3
Oʻyinning 26-daqiqasida Eldor Shomurodov raqib darvozasini ishgʻol qilib, hisobni ochishga muvaffaq boʻldi. Kosta-Rika jamoasi oʻyinga qoʻshib berilgan 3 daqiqada ikkita gol urib, gʻalabani ilib ketdi.
Eslatib oʻtamiz, 23 sentyabr kuni Oʻzbekiston terma jamoasi Kamerunni 2:0 hisobida magʻlub etgan edi.
Yangiliklar lentasi
0