O‘zbekiston bo‘ylab yangi aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yildi

© unsplash/Sardorbek UsmonovAeroport Tashkenta
Aeroport Tashkenta - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 27.09.2022
Obuna bo‘lish
Aviaqatnovlar jadvali haqida bizning materialimizda batafsil o‘qishingiz mumkin.
TOShKENT, 27 sen — Sputnik. Bugundan boshlab O‘zbekiston hududlari o‘rtasida yangi aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yilmoqda. Bu haqida Uzbekistan Airways xabar berdi.
27 sentabrdan boshlab respublika ichidagi yo‘nalishlar bo‘yicha quyidagi yangi qatnovlar joriy etildi:
Andijon – Samarqand – Andijon (dushanba va seshanba kunlari)
Andijondan jo‘nab ketish: 11:20
Samarqandga yetib borish: 12:30
Samarqanddan jo‘nab ketish: 13:20
Andijonga yetib borish: 14:25
Andijon – Samarqand yo‘nalishidagi chiptalar narxi 206 184 so‘mdan, Andijon – Samarqand – Andijon yo‘nalishidagi aviachiptalar narxi esa 434 072 so‘mdan boshlanadi.
Samarqand – Namangan – Samarqand (chorshanba kunlari)
Samarqanddan jo‘nab ketish: 21:00
Namanganga yetib borish: 22:05
Namangandan jo‘nab ketish: 22:55
Samarqandga yetib borish: 00:05
Aviaqatnovlar shanba kunlari quyidagi jadvalga muvofiq amalga oshiriladi:
Samarqanddan jo‘nab ketish: 09:00
Namanganga yetib borish: 10:05
Namangandan jo‘nab ketish: 10:55
Samarqandga yetib borish: 12:05
Samarqand – Namangan yo‘nalishidagi chiptalar narxi 227 888 so‘mdan, Samarqand – Namangan – Samarqand yo‘nalishidagi aviachiptalar narxi esa 434 072 so‘mdan boshlanadi.
Urganch – Farg‘ona – Urganch (chorshanba va shanba kunlari)
Urganchdan jo‘nab ketish: 09:20
Farg‘onaga yetib borish: 11:10
Farg‘onadan jo‘nab ketish: 12:00
Urganchga yetib borish: 13:40
Urganch – Farg‘ona yo‘nalishidagi chiptalar narxi 314 702 so‘mdan, Urganch – Farg‘ona – Urganch yo‘nalishidagi aviachiptalar narxi esa 596 849 so‘mdan boshlanadi.
Samarqand – Farg‘ona – Samarqand yo‘nalishidagi qatnovlar juma kunlari amalga oshiriladi
Samarqanddan jo‘nab ketish: 21:00
Farg‘onaga yetib borish: 22:05
Farg‘onadan jo‘nab ketish: 22:55
Samarqandga yetib borish: 00:05
Samarqand – Farg‘ona yo‘nalishidagi chiptalar narxi 227 888 so‘mdan, Samarqand – Farg‘ona – Samarqand yo‘nalishidagi aviachiptalar narxi esa 434 072 so‘mdan boshlanadi.
Namangan – Buxoro – Namangan yo‘nalishidagi qatnovlar chorshanba kunlari amalga oshiriladi
Namangandan jo‘nab ketish: 17:45
Buxoroga yetib borish: 19:05
Buxorodan jo‘nab ketish: 19:55
Namanganga yetib borish: 21:05
Namangan – Buxoro yo‘nalishidagi chiptalar narxi 292 998 so‘mdan, Namangan – Buxoro – Namangan yo‘nalishidagi aviachiptalar narxi esa 596 849 so‘mdan boshlanadi.
Kompaniya aviachiptalarni Uzbekistan Airways Sales filiali, aviakompaniya agentlaridan yoki www.uzairways.com rasmiy saytidan 3% chegirma bilan xarid qilish mumkinligini ta’kidlagan.
Yangiliklar lentasi
0