O‘zbekiston va Qozog‘iston dori-darmonlarni ro‘yxatdan o‘tkazishni o‘zaro soddalashtiradi

© MIVT UzbekistanaFlagi Uzbekistana i Kazaxstana
Flagi Uzbekistana i Kazaxstana - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 27.09.2022
Obuna bo‘lish
Ikki mamlakat delegatsiyalari farmatsevtika mahsulotlari ishlab chiqarish sohasida o‘zaro hamkorlikni kengaytirish masalalarini muhokama qilishdi.
TOShKENT, 27 sen — Sputnik. O‘zbekiston va Qozog‘iston dori-darmonlarni ro‘yxatdan o‘tkazishni o‘zarosoddalashtiradi. Bu haqda ikki mamlakat delegatsiyalari o‘rtasida bo‘lib o‘tgan muzokaralarda ma’lum qilindi.
O‘zbekiston bosh vaziri o‘rinbosari – investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Jamshid Xodjayev va uning qozog‘istonlik hamkasbi Serik Jumangarin boshchiligida o‘tgan uchrashuvda ko‘p qirrali ikki tomonlama munosabatlarni rivojlantirish uchun keng imkoniyatlar mavjudligi ta’kidlandi.
Farmatsevtika sohasidagi hamkorlik muhokamalari yakunida ikki mamlakat vakillari dori-darmonlarni ro‘yxatdan o‘tkazishni soddalashtirishga kelishib olishdi.
Bundan tashqari, ular forvard shartnomalari asosida qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarish va yetkazib berish bo‘yicha birgalikda ish borishadi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekistonda farmatsevtika mahsulotlarini sertifikatlashtirish qoidalari tasdiqlangani xabar qilingan edi.
Yangiliklar lentasi
0