Onkologiya - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 21.01.2022
Bu qiziq
Ushbu ruknimizda ilm-fan, inson sog‘ligi, foydali va zararli oziq-ovqatlar, parhez taomlar, shifokorlar maslahati va boshqa barcha uchun qiziqarli ma’lumotlar bor.

Parhezshunos shamollash mavsumidagi foydali mahsulotlarni aytdi

© Sputnik / Mariya Devaxina / Mediabankka o‘tishChesnok
Chesnok - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 27.09.2022
Obuna bo‘lish
Kuzda gripp va shamollash mavsumiga bir nechta tabiiy sabzavot va o‘simliklar bilan tayyorlanish mumkin.
Mavsumiy shamollash kasalliklarini oldini olish uchun tabiiy antibiotiklardan foydalanish mumkin deydi, shifokor-parhezshunos Tatyana Zaletova.
Shifokorning aytishicha, tabiiy antibiotiklar immun tizimini kuchaytiradi.
“Eng mashhur tabiiy antibiotik -sarimsoq. Tadqiqotlarda chindan ham sarimsoq immun tizimini faollashtirishi va viruslarga qarshi kurashishini isbotlangan. Shamollash mavsumida ko‘proq iste’mol qilish virusli kasalliklardan himoyalaydi” , - deydi shifokor.
Bundan tashqari, rayhon o‘simligi ham organizmga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.
"Rayhon - dezinfeksiyalovchi va bakteritsid xususiyatlarga ega. U oziq-ovqatlar bakteriyalari bilan kurashishga ham yordam beradi”, - deydi mutaxassis.
Biroq, shamollagan, mavsumiy kasalliklarga uchraganda shifokor tavsiya qilgan tibbiy dori vositalarini iste’mol qilish kerak. Tabiiy antibiotiklar kasallikni oldini olishda samarali.
Yangiliklar lentasi
0