Madaniyat

Rejissyor va prodyuser Martin Smit Toshkentda mahorat darsi oʻtkazdi

© Toshkent shahar hokimligi Butunrossiya davlat kinematografiya instituti Toshkent filiali
Butunrossiya davlat kinematografiya instituti Toshkent filiali - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 27.09.2022
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Dars davomida “Pining hayoti. Yirtqich bilan yonma-yon”, “Avatar”, “Muzeydagi tun” kabi keng qamrovli filmlardan misollar keltirildi - tafsilotlar.
TOSHKENT, 27 sen — Sputnik. Butunrossiya davlat kinematografiya instituti Toshkent filialida xorijlik mahoratli prodyuser, stsenariy muallifi, rejissyor Martin Smit “Filmlarga sarmoya kiritish va ishlab chiqarish” mavzusida mahorat darsi oʻtkazdi.
Martin Smit filmlarga sarmoya kiritish borasida soʻz yuritar ekan, “Pining hayoti. Yirtqich bilan yonma-yon”, “Avatar”, “Muzeydagi tun” kabi keng qamrovli filmlardan koʻplab misollar keltirdi.
© Toshkent shahar hokimligi Butunrossiya davlat kinematografiya instituti Toshkent filiali
Butunrossiya davlat kinematografiya instituti Toshkent filiali - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 27.09.2022
Butunrossiya davlat kinematografiya instituti Toshkent filiali
Xususan, “Pining hayoti. Yirtqich bilan yonma-yon” filmini yaratish davomida koʻplab qiyinchiliklar yuzaga kelgani, rejissyorlarning qoʻnimsizligi, shuningdek, muammolarni bartaraf etishdagi tajribasi bilan ham oʻrtoqlashdi.
U mahorat darsi davomida Oʻzbekistonga ikkinchi marotaba kelgani, bundan uch yil oldin Samarqandga sayohat qilganini ham taʼkidladi.
Maʼlumot uchun, taniqli prodyuser Buyuk Britaniyadagi eng yirik va nufuzli sarmoya kompaniyasi – “Ingenious” guruhi maxsus maslahatchisi boʻlib, 700 ga yaqin filmlar prodyuserligida ishtirok etgan.
Yangiliklar lentasi
0