Yengil atletika: Markaziy Osiyo ochiq chempionatida O‘zbekiston g‘alaba qozondi

© Milliy olimpiya qo‘mitasi Markaziy Osiyo ochiq chempionati
Markaziy Osiyo ochiq chempionati - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 28.09.2022
Obuna bo‘lish
Jamoa 79 ta medalni qo‘lga kiritdi - tafsilotlar.
TOShKENT, 28 sen — Sputnik. Samarqandda bo‘lib o‘tgan yengil atletika bo‘yicha Markaziy Osiyoning IV ochiq chempionatida O‘zbekiston terma jamoasi umumjamoa hisobida birinchi bo‘ldi. Bu haqida Sportni rivojlantirish vazirligi xabar berdi.
Jamoa 79 ta medalni (25 ta oltin, 27 ta kumush va 27 ta bronza medali) qo‘lga kiritdi.
© Sportni rivojlantirish vazirligi Markaziy Osiyo ochiq chempionati
Markaziy Osiyo ochiq chempionati - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 28.09.2022
Markaziy Osiyo ochiq chempionati
Ikkinchi o‘rindan Turkmaniston (3 ta oltin, 5 ta kumush va 3 ta bronza medali), uchinchi o‘rindan esa Qirg‘iziston (3 ta oltin, 3 ta kumush va 1 ta bronza medali) joy oldi.
© Milliy olimpiya qo‘mitasi Markaziy Osiyo ochiq chempionati
Markaziy Osiyo ochiq chempionati - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 28.09.2022
Markaziy Osiyo ochiq chempionati
Xalqaro musobaqalar doirasida yengil atletikaning 41 ta yo‘nalishi bo‘yicha jami 56 ta sovrinlar to‘plami o‘ynalgan edi.
© Sportni rivojlantirish vazirligi Markaziy Osiyo ochiq chempionati
Markaziy Osiyo ochiq chempionati - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 28.09.2022
Markaziy Osiyo ochiq chempionati
Eslatib o‘tamiz, 23-sentabrdan 25-sentabrgacha Samarqand shahri yengil atletika bo‘yicha 4-bor o‘tkazilayotgan Markaziy Osiyo ochiq chempionatiga mezbonlik qildi.
Xalqaro musobaqada 7 mamlakatdan 200 nafarga yaqin sportchi bahs olib bordi. Ochiq turnirda ishtirok etish uchun O‘zbekistonga Qirg‘iziston, Qozog‘iston, Turkmaniston, Tojikiston, Malayziya, Tailand va Filippin terma jamoalari tashrif buyurdi.
Yangiliklar lentasi
0