Boyevaya podgotovka podrazdeleniy VDV na poligone v zone SVO. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.02.2022
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Rossiya 21-fevral kuni Donesk va Lugansk xalq respublikalarini tan olishini e’lon qildi, 24-fevral kuni esa Vladimir Putin Donbassda maxsus harbiy operatsiya boshlanganini ma’lum qildi. Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina harbiy infratuzilmasiga, xususan qurol-yarog‘ omborlari va aerodromlarga zarba berdi.

Maxsus operatsiya: 27-sentabrning asosiy xabarlari

© Sputnik / Viktor Antonyuk / Mediabankka o‘tishRabota artilleriyskogo rascheta
Rabota artilleriyskogo rascheta  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 28.09.2022
Obuna bo‘lish
Ukraina qo‘shinlari 23-27 sentabr kunlari bo‘lib o‘tgan referendum kunlarida ushbu DXR, LXR, Xerson va Zaporojye viloyatlari hududlarini o‘qqa tutishni kuchaytirdi. Rossiya QK dushmanning o‘t ochish nuqtalarini aniqlab ularni yo‘q qilish bilan shug‘ullandi.
TOShKENT, 28 sen - Sputnik. Rossiya Federatsiyasi Ukraina hududia olib borayotgan maxsus harbiy operatsiya bo‘yicha 27-sentabrning asosiy voqealari.

Rossiya Mudofaa vazirligining hisoboti:

Zaporojye shahrida Ukraina Milliy gvardiyasining "Gepard" 9-maxsus kuchlar polkining 100ga yaqin jangarisi, shuningdek, 50 dan ortiq xorijlik yollanma askarlari yo‘q qilindi.
Nikolayev shahridagi sanoat zonasida joylashgan Qurolli Kuchlarining 59-motooda piyoda brigadasi bo‘linmalariga yuqori aniqlikdagi zarba berildi. Natijada 50 nafar harbiy xizmatchi va beshta harbiy texnika yo‘q qilindi.
DXRning Konstantinovka qishlog‘i hududidagi Ukraina Qurolli Kuchlarining 81-aeromobil brigadasiga berilgan zarba natijasida 150 dan ortiq ukrainalik harbiy halok bo‘ldi.
Kun davomida operativ-taktik va armiya aviatsiyasi, raketa kuchlari va artilleriya tomonidan DXRning Shurovo, Soledar, Baxmutskoe, Verxnekamenskoe, Artyomovsk aholi punktlarida joylashgan oltita qo‘mondonlik punktlariga zarbalar berildi. Xerson viloyatida joylashgan quruqlik qo‘shinlari shtab-kvartirasi, shuningdek62 ta artilleriya birligi yo‘q qilindi. Jami dushmaning 184 ta joylashuv nuqtasiga zarba berildi.
Xarkov viloyatining Monachinovka, Kupansk aholi punktlari hamda DXRning Brusin temir yo‘l stansiyasi hududlarida 3ta o‘q-dori va raketa-artilleriya qurollari ombori yo‘q qilindi. Dnepropetrovsk viloyatining Lozovatka aholi punkti yaqinida "Bayraktar" uchuvchisiz apparatlarni boshqarish stansiyasi yo‘q qilindi.
Rossiya Aerokosmik kuchlarining qiruvchi samolyotlari Xerson viloyatidagi Osokorovka va Rozovka aholi punktlari hududlarida Ukraina harbiy-havo kuchlarining ikkita MiG-29 samolyotini urib tushirdi.
Havo hujumidan mudofaa tizimlari Xarkov viloyatining Pershotravnevoe, Xerson viloyatining Charivnoe va Petrivske, DXRning Valeranovka va Novoandreyevka aholi punktlari hududlarida 7ta uchuvchisiz uchish apparatini urib tushirdi.
Bundan tashqari, Xarkov viloyati, Kupansk qishlog‘i yaqinida "Tochka-U" taktik raketasi, shuningdek Xerson shahri yaqinida va Xarkov viloyatining Otradokamenka, Novaya Kaxovka, Mixaylovka, aholi punktlari yaqinidagi HIMARS raketa tizimlarining 17 ta snaradlari havoda yo‘q qilindi.
Maxsus harbiy operatsiya boshlangandan beri Rossiya Qurolli kuchlari tomonidan jami 304 ta samolyot, 155 ta vertolot, 2094 ta uchuvchisiz uchish apparati, 377 ta zenit-raketa kompleksi, 5118 ta tank va boshqa zirhli jangovar mashinalar, 847 ta ko‘p raketa tashuvchi jangovar texnika, 3423 ta dala artilleriya va minomotlari, 5909 ta maxsus harbiy texnika yo‘q qilindi.
Yangiliklar lentasi
0