O‘zbekistonda ilk robot-jarroh paydo bo‘ldi

© Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati O‘zbekistonda robot-xirurg yordamida murakkab jarrohlik amaliyotlari o‘tkazildi
O‘zbekistonda robot-xirurg yordamida murakkab jarrohlik amaliyotlari o‘tkazildi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 28.09.2022
Obuna bo‘lish
Robot-xirurg yordamida bajariladigan amaliyotlar kam jarohatli bo‘lib bemorning butkul sog‘ayishini tezlashtiradi.
TOShKENT, 28 sen - Sputnik. O‘zbekistonda ilk bor robot-xirurg yordamida murakkab jarrohlik amaliyotlari o‘tkazildi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Xabarda aytilishiga ko‘ra, Janubiy Koreyada ishlab chiqarilgan "Revo-i" rusumli robot-jarroh O‘zbekistondagi shaxsiy klinikalardan biriga olib kelingan. O‘tgan hafta ichida ushbu uskuna yordamida 8 nafar bemorda jarrohlik amaliyoti o‘tkazilgan.

Robotning jarrohlik asboblari kichik o‘lchamli bo‘lib, inson qo‘liga qaraganda ancha katta diapazonda egilib, aylana oladi. Operatsiya vaqtida shifokor konsoldagi qulay stulda o‘trib barcha operatsiyalarni manipulyatorlar yordamid ekranda ko‘rib turib bajaradi. Bu an’anaviy yoki laporoskopik operatsiyalardan ko‘ra ancha qulay, - deydi O‘zbekistonda ilk bor robot-jarrohga operatorlik qilgan onkoxirurg Zarifxo‘ja Bahodirxonov.

Mutaxassislarning ta’kidlashicha, O‘zbekistonda robotoxirurgiyaning taraqqiy etishi ikki omilga bog‘liq. Birinchisi — texnologiyani boshqara oladigan mutaxassislar tayyorlash bo‘lsa, ikkinchisi — mamlakat tibbiyotida robotlar sonini orttirish.
“Bu borada dastlabki qadam tashlandi. Endigi vazifa — robot bilan birga operatsiya qiluvchi ko‘p sonli xirurglar zaxirasini shakllantirish. Shunda bu innovatsion texnologiya onkologiya va onkourologiya yo‘nalishlaridagina emas, milliy tibbiyotimizning barcha jabhalarida faol qo‘llanila boshlaydi”, - deydi Bahodirxonov.
Ma’lumot uchun, Revo-i rusumli robot-jarroh Janubiy Koreyaning Meere Company Inc. tomonidan ishlab chiqarilgan bo‘lib u dastlab 2017-yilda taqdim etilgan. Ushbu robot o‘t pufagi va prostata bezini olib tashlash kabi (harakatlanish imkoni tor bo‘lgan a’zolarda) endoskopik operatsiyalarni bajarishga mo‘ljallangan.
Ushbu robot to‘rtta "qo‘l" bilan jihozlangan bo‘lib, ular inson tanasidagi kichik kesmalar orqali operatsiyani amalga oshiradi. Ulardan uchtasi jarrohlik asboblari, birida esa shifokor operatsiya maydonida sodir bo‘layotgan hamma narsani ko‘radigan kamera bor. Kameradan olingan tasvir 3D ko‘rinishda displeyda namoyish etiladi. Jarroh boshqaruv blokidan foydalanib, robotning "qo‘llarini" yo‘naltirishi va kesmalar qilish, to‘qimalarni kesish yoki yarani tikish mumkin. Revo-i dunyodagi haqiqiy endoskopik jarrohlik uchun tasdiqlangan ikkinchi robotlashtirilgan jarrohlik tizimidir.
Ushbu soha birinchi vakili Da-Vinci robot-jarrohi hisoblanadi. Ilk bor 2000-yilda paydo bo‘lgan ushbu robot-jarroh bugungi kunda yetakchilikni qo‘lga kiritgan. Xususan 2021-yilda 6142 ta ana shunday robot sotilgan. Ularning har birining narxi $ 1 mln.dan boshlanadi.
Yangiliklar lentasi
0