O‘zbekistonliklarga Rossiya oliy o‘quv yurtlarida 800ta kvota beriladi

© Predstavitelstvo Rossotrudnichestva v UzbekistaneMejdunarodnaya vistavka "Obrazovanie i professiya-2022. Posledniy zvonok" v Tashkente
Mejdunarodnaya vistavka Obrazovanie i professiya-2022. Posledniy zvonok v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 28.09.2022
Obuna bo‘lish
Bo‘lajak abituriyentlar Toshkentda bo‘lib o‘tgan ta’lim yarmarkasida Rossiya oliy o‘quv yurtlari dasturlari bilan tanishish imkoniga ega bo‘lishdi.
TOShKENT, 28 sen — Sputnik. Kelgusi o‘quv yilida O‘zbekiston abituriyentlari uchun kvotalar soni 800 tagacha ko‘payadi. Bu haqida Toshkentdagi ta’lim ko‘rgazmasi chog‘ida ma’lum bo‘ldi, deb xabar berdi Sputnik muxbiri.
"Hisob bo‘yicha bu mamlakatda o‘tkazilayotgan Rossiya ta’limi bo‘yicha ikkinchi ko‘rgazma. Bu yerga ko‘plab yosh va istiqbolli insonlar to‘planganidan juda xursandman. Biz rus tilini o‘rganish imkoniyatini kengaytiramiz. Rossiya ta’limi juda tez rivojlanmoqda va ikki davlatning bu sohadagi hamkorligi yanada kuchayadi”, deydi Rossiyaning O‘zbekistondagi elchisi Oleg Malginov.
Tadbirdan ko‘zlangan maqsad abituriyentlarga Rossiya oliy o‘quv yurtlarida xalqaro dasturlar bo‘yicha ta’lim olish imkoniyatlari haqida so‘zlab berishdir.
Rossotrudnichestvo ma’lumotlariga ko‘ra, bu yil o‘quv yarmarkasida 55 ta universitet ishtirok etmoqda.
Ko‘rgazmaga tashrif buyuruvchilar Rossiyaning yetakchi universitetlari bilan tanishish, o‘qishga kirish bo‘yicha eng so‘nggi ma’lumotlarni olish, o‘qishga qabul qilish va o‘qish qoidalari bo‘yicha mutaxassislar bilan maslahatlashish, maxsus imkoniyatlar va boshqa ko‘p narsalarni o‘rganish imkoniyatiga ega bo‘lishdi.
Tadbir tashkilotchilari“Rossotrudnichestvo”, O‘zbekiston Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Respublika Xalq ta’limi vazirligi, shuningdek, Rossiya elchixonasi.
“Rossotrudnichestvo” rahbari o‘rinbosari Pavel Shevsovning so‘zlariga ko‘ra, ko‘rgazma Rossiya va O‘zbekistonning davlat va davlatlararo munosabatlarni rivojlantirish asosi bo‘lgan ta’lim sohasidagi qo‘shma faoliyati yo‘nalishini namoyish etadi.
“Ushbu ko‘rgazmani tashkil etish bilan biz ta’lim va ilmiy hamkorlik, shuningdek, yoshlarning o‘zaro hamkorligi sohasidagi munosabatlarimiz hozirgidan ham jadalroq rivojlanishi kerakligidan kelib chiqdik, deydi Pavel Shevsov.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Rossiya oliy o‘quv yurtlari filiallari soni bo‘yicha yetakchi hisoblanadi. Hozirda respublikada o‘z filiallarini ochgan universitetlar orasida Lomonosov nomidagi Moskva davlat universiteti, Plexanov nomidagi Rossiya iqtisodiyot universiteti, Gubkin nomidagi Rossiya davlat neft va gaz universiteti, Mendeleyev nomidagi Rossiya kimyo-texnika universiteti, Gersen davlat pedagogika universiteti, VGIK, MISiS filiallari, Moskva muhandislik-fizika instituti va Moskva davlat xalqaro munosabatlar instituti bor.
Yangiliklar lentasi
0