https://sputniknews-uz.com/20220928/prezident-beshta-tuman-hokimini-ishdan-oldi-28591804.html
Prezident beshta tuman hokimini ishdan oldi
Prezident beshta tuman hokimini ishdan oldi
Ularning lavozimidan ozod etilishiga rahbarlik etikasi, xizmat vakolatidan chetga chiqish, fuqarolarga hurmatsizlik sabab boʻlgan. 28.09.2022, Sputnik Oʻzbekiston
2022-09-28T08:37+0500
2022-09-28T08:37+0500
2022-09-28T08:38+0500
jamiyat
hokimlar ishdan olinishi
prezident
/html/head/meta[@name='og:title']/@content
/html/head/meta[@name='og:description']/@content
https://cdnn1.img.sputniknews-uz.com/img/1118/95/11189536_0:0:963:541_1920x0_80_0_0_22daab56a57c67f7ff976066d62e22b2.jpg
TOSHKENT, 28 sen - Sputnik. Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning qarori bilan Andijon viloyatining Asaka, Andijon va Paxtaobod, Fargʻona viloyatining Fargʻona, Samarqand viloyatining Nurobod tumanlari hokimlari lavozimidan ozod etildi. Bu haqda prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov xabar berdi.Qayd etilishicha, Asaka tumani hokimi Mansurbek Alixonov va Fargʻona tumani hokimi Shuhratjon Moʻminov yer munosabatlarini tartibga solishga oid qonunchilik hujjatlariga rioya etmagani, faoliyatida yoʻl qoʻygan boshqa jiddiy qonunbuzilish holatlari uchun egallab turgan lavozimidan ozod etilgan.Paxtaobod tumani hokimi Elyorbek Usmonov va Nurobod tumani hokimi Sherali Yoʻldoshevning ishdan ketishiga rahbarlik etikasi qoidalariga rioya etmagani, xizmat vakolatidan chetga chiqib qonunbuzilish holatlariga yoʻl qoʻygani, Andijon tumani hokimi Abdujabbor Egamberdiyevning ishdan ketganiga esa davlat xizmatchisi etikasiga nomunosib xatti-harakatlari, rahbarlik madaniyatini saqlamagani, oʻtkazilgan qabullarda fuqarolarga nisbatan hurmatsizlikka yoʻl qoʻygani va faoliyatidagi boshqa kamchiliklari sabab boʻlgan.
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
2022
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
https://cdnn1.img.sputniknews-uz.com/img/1118/95/11189536_90:0:811:541_1920x0_80_0_0_b8bdb8bb672737c11ad491544da3f1ba.jpgSputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
hokimlar ishdan olinishi, prezident
hokimlar ishdan olinishi, prezident
Prezident beshta tuman hokimini ishdan oldi
08:37 28.09.2022 (yangilandi: 08:38 28.09.2022) Ularning lavozimidan ozod etilishiga rahbarlik etikasi, xizmat vakolatidan chetga chiqish, fuqarolarga hurmatsizlik sabab boʻlgan.
TOSHKENT, 28 sen - Sputnik. Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning qarori bilan Andijon viloyatining Asaka, Andijon va Paxtaobod, Fargʻona viloyatining Fargʻona, Samarqand viloyatining Nurobod tumanlari hokimlari lavozimidan ozod etildi. Bu haqda prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov
xabar berdi.
Qayd etilishicha, Asaka tumani hokimi Mansurbek Alixonov va Fargʻona tumani hokimi Shuhratjon Moʻminov yer munosabatlarini tartibga solishga oid qonunchilik hujjatlariga rioya etmagani, faoliyatida yoʻl qoʻygan boshqa jiddiy qonunbuzilish holatlari uchun egallab turgan lavozimidan ozod etilgan.
Paxtaobod tumani hokimi Elyorbek Usmonov va Nurobod tumani hokimi Sherali Yoʻldoshevning ishdan ketishiga rahbarlik etikasi qoidalariga rioya etmagani, xizmat vakolatidan chetga chiqib qonunbuzilish holatlariga yoʻl qoʻygani, Andijon tumani hokimi Abdujabbor Egamberdiyevning ishdan ketganiga esa davlat xizmatchisi etikasiga nomunosib xatti-harakatlari, rahbarlik madaniyatini saqlamagani, oʻtkazilgan qabullarda fuqarolarga nisbatan hurmatsizlikka yoʻl qoʻygani va faoliyatidagi boshqa kamchiliklari sabab boʻlgan.