Rossiya bilan hamkorlikda O‘zbekiston florasining navbatdagi nashri chop etildi

CC BY-SA 2.0 / CIAT / genebank5Rasteniya v probirkax
Rasteniya v probirkax - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 28.09.2022
Obuna bo‘lish
Mazkur nashr Markaziy Osiyo o‘simliklar qoplamida muhim o‘rin tutadigan G‘ovzabondoshlar oilasining zamonaviy taksonomik tarkibi, nomenklaturasi, botanik-geografiyasi, ekologiyasi va fenologiyasining xususiyatlariga bag‘ishlangan.
TOShKENT, 28 sen — Sputnik. Rossiya bilan hamkorlikda O‘zbekiston florasining navbatdagi nashri chop etildi. Bu haqida Fanlar akademiyasi xabar berdi.
Botanika instituti "O‘zbekiston florasi"ning navbatdagi to‘rtinchi jildini chop etgan.
Mazkur nashr Markaziy Osiyo o‘simliklar qoplamida muhim o‘rin tutadigan G‘ovzabondoshlar (Boraginaceae) oilasining zamonaviy taksonomik tarkibi, nomenklaturasi, botanik-geografiyasi, ekologiyasi va fenologiyasining xususiyatlariga bag‘ishlangan.
“Floraning navbatdagi nashri professor S.V. Ovchinnikova (Rossiya Fanlar akademiyasi, Markaziy Sibir botanika bog‘i, Novosibirsk shahri) bilan hamkorlik natijasi hisoblanadi”, deyiladi xabarda.
Mazkur ilmiy-tadqiqot ishi 2018–2022 yillarda olib borilgan dala izlanishlari natijalari, O‘zbekiston Milliy gerbariysi, V.L. Komarov nomidagi Rossiya Fanlar akademiyasi Botanika instituti, Moskva davlat universiteti Biologiya fakulteti, Tojikiston Milliy akademiyasining Botanika, fiziologiya va o‘simliklar genetikasi instituti, Rossiya Fanlar akademiyasi Markaziy Sibir botanika bog‘i, Tomsk davlat universiteti gerbariylarini o‘rganishga asoslangan.
Shuningdek, JSTOR xalqaro ma’lumotlar bazasiga kiritilgan bir qator virtual kolleksiyalarda saqlanayotgan gerbariy namunalari ham o‘rganilgan.
Ilgari bu borada olib borilgan tadqiqotlarning ko‘pligiga qaramasdan O‘zbekiston florasining bu nashrida 25 dan ortiq lektotiplar va bitta seksiya darajasidagi yangi nom e’lon qilingan.
Yangi jildlarni yaratishga qartilgan bu loyihaning muqobillaridan eng muhim farqli jihatlaridan biri turlar kesimida bir asrdan ortiq muddat davomida to‘plangan geografik ma’lumotlarning to‘la tahlili va ularning asosida geoaxborot tizimida yaratilgan xaritalar hisoblanadi.
Ma’lumot uchun, g‘ovzabondoshlar yer sharining deyarli hamma nuqtasida uchraydigan bir yoki ko‘p yillik o‘t, buta va daraxt o‘simliklardir. Barglari oddiy, poyada ketma-ket joylashgan. Oilani muxim belgisi, o‘simlik tanasi qattiq, dag‘al tuklar bilan qoplangan. To‘p gullari qo‘shaloq gajjaklardan iborat.
Yangiliklar lentasi
0