“Shimoliy oqim”da portlashlar: gaz urushi yangi bosqichga chiqdi

© Sputnik / Grigoriy SisoyevUchastok magistralnogo gazoprovoda "Severniy potok"
Uchastok magistralnogo gazoprovoda Severniy potok  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 28.09.2022
Obuna bo‘lish
Rossiya jamoatchiligining butun e’tibori ozod etilgan hududlardagi referendumlarga qaratilgan, maxsus harbiy operatsiyaning tutashuv nuqtalarida harbiy harakatlar pozitsiya egalariga o‘tgan bir paytda, noma’lum mualliflarning mohir qo‘llari yangi yong‘inni yaratishdi.
“Shimoliy oqim” (ShO) gaz quvurlari magistral liniyalaridagi ish bosimi to‘satdan keskin tushgani haqidagi xabarlar axborot maydonini larzaga keltirdi.
Avvaliga xabar o‘xshamagan hazil sifatida qabul qilindi, ammo eng qo‘rqinchli xayollar tezda tasdiqlandi. Nord Stream AG gaz o‘tkazgichi operatori rasman bosim tushganini tan olib jimlikni buzdi keyinchalik uning hamkasblari. Ma’lum bo‘lishicha, birdaniga uchta transport liniyasi shikastlangan - ikkitasi ShO-1da va bittasi ShO-2da. Geografik jihatdan hodisalar Daniyaning Bornxolm orolining (birinchi holat) shimoli-sharqida va (ikkinchi holat) janubi-sharqida sodir bo‘lgan.
Operator ma’lumotlarni to‘plash va tahlil qilish, Kreml ehtiyotkor bayonot tayyorlayotgan bir paytda, matbuotda asosiy magistral quvur shikastlanishi tasodifiy bo‘lganligi haqida taxminlar paydo bo‘ldi. Ehtimoliy variant sifatida masalan, hududdagi kemalardan birini langar bilan mustahkamlanayotganda sodir bo‘lgan bo‘lishi mumkin. Taxmin hatto eng kichik tekshiruvga ham yo‘naltirilmadi, chunki voqea nuqtalari geografik jihatdan 20 kilometrdan ko‘proq masofada joylashgan vaqt quvurning o‘zi qat’iy konstruktorlik talablariga ko‘ra har qanday kemalar langar sudralishi yoki tiqilib qolishiga bardosh berishi kerak.
Rossiya prezidenti matbuocht oktibi keyingi so‘zga navbatni oldi : u holatda misli ko‘rilmagan jdeb atadi, va rejalashtirilgan diversiyalar bo‘lishi mumkinligini istischno etmadi. Mojaro chindan ham misli ko‘rilmagan, biroq G‘arb matbuoti ruslarni avtomatik ayblashni nafaqat esdan chiqarishdi, balki Kreml versiyasini ommaviy qo‘llab-quvvatlashdi. Birinchilardan bo‘lib Germaniyaning Tagesspiegel nashri juda aniq bayonot bilan chiqdi, u quvurlar dushanba oqshomida portlagani va bunga Ukraina yoki unga har tomonlama yordam ko‘rsatuvchi kuchlar jalb qilinganligini ta’kidladi. Ushbu maqola ortidan shunga o‘xshash yana ko‘plab maqolalar chiqdi. Masalan Germaniyaning Berlingske nashridagi maqola ana shunday materiallardan biri bo‘ldi. Nashr Daniyaning energetika agentligiga taniyab xabar bergan va avariya sodir bo‘lgan joyda nafaqat yoriqlar yoki trassa germitligining buzlishi balki katta teshik borligini aytgan.
Keyin esa hodisalar uchayotgan meteorit tezligida rivojlandi.
Yuqoridagi kabi maqolalar e’lon qilgandan bir necha soat o‘tib Germaniya hukumati avariya bo‘yicha federal razvdka xizmatlari ishtirokida maxsus tergov boshlangani haqida bayonot berdi. Berlin sodir bo‘lgan voqeani rejalashtirgan va maqsadli diversiya deb ko‘rayotganini ma’lum qildi. Bir necha soat o‘tgach, daniyaliklar voqea joyidan olingan videoni e’lon qilishdi, unda dengiz yuzasi ko‘tarilgan gazdan qanday qaynayotgani aniq ko‘rsatilgan, u suv bilan aniq ko‘rinadigan dog‘ hosil qilgan.
Shu bilan faktlarga oid qismlar tugaydi - endi biz mushohadalarga o‘tamiz. Ta’kidlash joiz, quyida keltirilganlarning barchasi shunchaki faktlar tahlili bo‘lib, ular noaniqlik va aniq bo‘la olmaydi.
Ikki manfaatdor tomonlar ya’ni Rossiya va Germaniya nafaqat avariya faktini tan olishgan va uni deyarli hech qanday shubhasiy diversiya sifatida talqin qilayotgan bo‘lsa, keling voqea sodir bo‘lgan joy haqida mushohada qilamiz.
Ikkala “Shimoliy oqim” ham Rossiyaning Boltiqbo‘yi qirg‘oqlaridan o‘tadi va Germaniya qirg‘oqlarida tugaydi, gaz quvurlari yo‘nalishlari esa ularning asosiy qismida bir xil yoki parallel emas.
Quvurning o‘rtacha chuqurligi - u tubda joylashgan va yerga ko‘milmagan - 100 metr atrofida. Endi biz Bornxolm oroli hududida chuqurlik o‘lchovlari xaritasini ochamiz va “Shimoliy oqim 1” chuqurligi 45-50 metr oralig‘ida o‘zgarib turadigan hududda shikastlanganligini va ikkinchi raqamli “oqim” 50-60 metr chuqurlikda janubi-sharqda vayron bo‘lganligini ko‘ramiz . Bu arzimas narsa bo‘lib tuyuladi, ammo faqat birinchi qarashda.
Moskva va Berlinning og‘zaki bayonotlariga qo‘shimcha ravishda, Shvetsiya seysmik markazidan ma’lumotlar allaqachon olingan bo‘lib, ular oqish joyida kamida 2,3 ballik magnitudali tebranishlar qayd etilganligini aniq da’vo qilmoqda. Soha mutaxassislari buni tegishli qiymatlarga qayta hisoblab chiqishdi va gaz quvurlari kamida 100 kilogramm trotil ekvivalentli zaradlar bilan (ehtimol) portlatilgan degan xulosaga kelishdi.
Va aynan shu yerda biz fitna nazariyalari tuproqlari sepilgan ingichka muz ustiga yuramiz. Bir yarim yil oldin, aniqrog‘i, 2021-yil aprel oyida Boltiq dengizida NATO davlatlarining harbiy-dengiz mashqlari bo‘lib o‘tdi, unda Polsha dengiz flotining harbiy kemalari asosiylardan bo‘lib ishtirok etdi. Noma’lum sabablarga ko‘ra mashg‘ulotlar o‘tkaziladigan maydon o‘sha paytda Fortuna kemasi “Shimoliy oqim 2” quvurini yotqizayotgan maydonga yaqin joyda joylashgan edi.
Xuddi boshqa maqsadlari bo‘lmagandek Polsha kemalari va samoletlari o‘ta tinch Fortuna atrofida aylanishgan. Shu bilan birgalikda Varshava G‘arb matbuotida jazava ko‘tardi va quvurga qandaydir rus josuslik uchkunalari o‘rnnatilishi bilan butun dunyoni qo‘rqitdi.
Yana bir aql bovar qilmaydigan tasodifga ko‘ra, mashg‘ulotlar tugagandan so‘ng darhol Boltiqbo‘yi quvuri qurilishi faollashdi v bu gazga boy Norvegiyani energetikaga muhtoj Polsha bilan abadiy bog‘lashi kerak edi. Shunisi e’tiborga loyiqki qurilish nafaqa may oyi boshida, balki Norvegiya - Polsha quvurini “oqimlar” magistralining kesishmasi bilan yotqizish bo‘yicha uzoq va o‘ta shov-shuvli kelishuvdan so‘ng boshlangan.
Va o‘shandayoq rossiyalik harbiylar buni buizning gazo‘tkazgichlarimiz uchun jiddiy xavf ekanligiga e’tibor qaratishgan edi va unda aynan diversion xususiyatlarga ega xavf bo‘lgan. Shimol oqimini jangovar suzuvchilardan foydalanish yoki noma’lum suv osti transport vositalarini urib yuborish orqali o‘chirish ehtimoliy usullaridan biri hisoblangan. Birinchi versiya (voqea sodir bo‘lishining muhim chuqurligi tufayli) kam ehtimoliy sifatida qaralgan, ikkinchisi esa derali kafolatlangan, ayniqsa noma’lum suvosti kemalari g‘arbiy harbiy blokning mintaqaviy mamlakatlari qurollari safida juda ko‘plab topiladi. Ushbu turdagi qurol optik tolali kabel orqali boshqariladi, yo‘l ko‘rsatuvchi kamera, gidrolokator va yuk ko‘tarish qobiliyatiga ega bo‘lib, u yuz yoki undan ortiq kilogramm portlovchi moddalarni zarba joyiga yetkazish imkonini beradi.
Yana bir o‘ta g‘alatiliklarga u yerda so‘nggi paytlarda USS Kearsarge desant kemasi qo‘mondonligi ostida AQSh harbiy dengiz flotining borligidadir. Aviatrekerlarning ochiq ma’lumotlariga ko‘ra, zarba beruvchi vertolotlar deyarli bir oydan buyon Bornxolmga iloji boricha yaqinroq bo‘lgan. Bunga Sea Power, mutaxassislik jurnalida iyul oyida e’lon qilingan maqolani ham qo‘shish mumkin - xususan materialda suvosti zarba beruvchi qurilmalarining muvaffaqiyatli sinovdan o‘tishgani haqida gap boradi. Ular sir emaski - BALTOPS 22 ning so‘nggi mashg‘ulotlari doirasida bo‘lib o‘tgan. Ular Daniya oroli yaqinidan o‘tib kecha tugagan. Rossiya gaz quvurlaridagi portlashlardan so‘ng zudlik bilan tugagan.
Tasodiflarning yangi marjonlarini xotira ipida tizishda davom etamiz va Rossiya gaz quvuqrlari dushanba kuni ishdan chiqqanini va seshanba kuni Polsha Baltic Pipe gaz quvurlari ishga tushirilgani haqida tantanali ravishda e’lon qilganini eslaymiz.
Bo‘lib o‘tgan voqeahaqida hammadan ko‘proq Qo‘shma Shtatlar jim turdi va kecha oqshom axborot olamida quruq bayonot bilan cheklangan davlat bosh kotibi paydo bo‘ldi. Uning aytishicha, “Shimoliy oqim”lardagi sabotaj hech qayi tomonlar manfaatlariga to‘g‘ri kelmasligini aytdi. Janob Blinken aynan qaysi tomonlar haqida gap ketayotganini aniqlashtirmagan, shu sababli yuzaki tahlil qilib ko‘ramiz.
ShO-1 va ShO - 2 ishlarining asosiy manfaatdori agar davlatchilik nuqtayi nazaridan qaraladigan bo‘lsa faqat ikkita - Rossiya va Germaniya. Rossiya uchun bu dollardan qimmat bo‘lgan kuchli valyutada to‘lov amalga oshiriladigan barqaror savdo bozori, Germaniya uchun aholini muzlatib qo‘yishdan qo‘rqmasdan atom energiyasidan qoz kechish kabi tajribalaorni o‘tkazishga imkon beruvchi ishonchli energiya bazasi.
Birinchi quvur yotqizilganidan buyon “Shimoliy oqim 2” G‘arb liberal tuzumi va ommaviy axborot vositalarining misli ko‘rilmagan jazavasiga duch keldi – tarixda G‘arb demokratiyasi bu qadar nafratlanadigan loyiha bo‘lmagan. Quvur, barcha qiyinchiliklarga qaramay, Grayfsvaldga yetib bordi va hatto texnik gazga to‘ldirildi, shundan keyin o‘sha ma’lum voqealar sodir bo‘ldi va o‘ta norozilik ko‘rsatgan Berlin jamoaviy bosim ostida loyihaga chek qo‘yishga majbur bo‘ldi.
“Shimoliy oqim -1” Portovaya kompressor stansiyasidagi gaz nasos agregatlari rejali profilaktik ta’mirlashga chiqarilgunga qadar aynan maksimal yuklamada ishlagan. Germaniyaning Siemens quvurlarni Kanada o‘g‘irladi, uni u yerdagi zavodlarga olib borilgan. Germaniya jangu-jadallar bilan o‘z mulkini qaytarib oldi ammo bunda boshqa agregatlar muddati tugadi - va nemislar ShO-1 ning to‘liq quvvatiga umid bog‘lamasliklari kerakligi ma’lum bo‘ldi.
Alohida ta’kidlash joiiz, ushbu ikkita loyiha ham hamma bir ovozdan qandaydir energetika quroli sifatida foydalanadigan Rossiya tomonidan emas, balki AQSh boshchiligida G‘arb tomonidan amalga oshirildi. AQSh gaz quvurlarini o‘tkazmaslik, Rossiya va Germaniya pul va tabiiy gazga ega bo‘lmasligi uchun barcha sa’y harakatlarni qildi.
Natijada esa Rossiya Yevropadan jisman uzildi, quvurlarni ta’mirlash esa noma’lum muddatgacha cho‘zilishi mumkin. Germaniya isitish mavsumiga to‘liq tezlikda uchmoqda, faqat o‘zining yerosti omborlarida manyovr zaxiralari bilan qurollangan, Polshada zarur gazni sotib olgan bo‘lsada, ko‘p o‘n yillar davomida buning aksi bo‘lgan. Polsha esa allaqachon yangi gaz quvurlarini ishga tushirmoqda, Yevropa bozorida o‘z obro‘sini ko‘tarmoqda va yo‘l-yo‘lakay tarixiy dushmani hisoblangan Germaniyani Yevroittifoq taxtidan tushirmoqda. Germaniya esa okean ortidan suyultirilgan gaz yetkazilishi tufayli vassal mamlakat holatiga tushib qolmoqda.
Bo‘lib o‘tayotgan voqealar fonida Yevropaada tabiiy gaz narxi osmonga ko‘tarilishda davom etmoqda, bir sessiyada 400 dollardan qimmat va ming kubometr uchun 2100 dollardan ham qimmat bo‘lmoqda.
Bunday tarixiy tarang vaziyatda esa sahnada Ukrainaning “Naftgaz”i paydo bo‘lmoqda. U “Gazprom”ni Ukraina GTS orqali gaz o‘tkazmaslikda ayblamoqda va yo yetkazib berishni davom ettirish yoki katta jarima to‘lashni talab qilmoqda.
Agar bo‘lib o‘tayotgan voqealarga ziyraklik bilan nazar solinsa, qanchadan qancha tasodiflar borligini ko‘ramiz.
Gazoprovod Severniy potok - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 27.09.2022
“Shimoliy oqim”lardagi favqulodda vaziyat bu katta ehtimollik bilan diversiya - ekspert
Yangiliklar lentasi
0