Foydalanilmagan aviachiptalar uchun mablag‘ni qaytarish soddalashtiriladi - Uzbekistan Airways

© SputnikPassajir derjit posadochniy talon v mejdunarodnom aeroportu "Zvartnos".
Passajir derjit posadochniy talon v mejdunarodnom aeroportu Zvartnos. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 29.09.2022
Obuna bo‘lish
Ayni paytda “Uzbekistan Airways”da bu boradagi barcha jarayonlarni soddalashtirish bo‘yicha tizimli ishlar olib borilmoqda
TOShKENT, 29 sen — Sputnik. Tez orada “Uzbekistan Airways” aviakompaniyasi saytida foydalanilmagan yoki qisman foydalanilgan aviachiptalar uchun pul mablag‘ini qaytarishning soddalashtirilgan funksiyasidan foydalanish yo‘lga qo‘yiladi.
Kompaniya axborot xizmati ijtimoiy tarmoqlarda chop etilgan aviachipta pulini qaytarish to‘g‘risidagi xabarlar bo‘yicha rasmiy ma’lumot e’lon qildi.
Qayd etilishicha, aviakompaniyaning rasmiy saytida chipta pulini qaytarib berishni rasmiylashtirishda yo‘lovchining shaxsiy ma’lumotlari, xizmat ko‘rsatuvchi bank to‘g‘risidagi ma’lumotlar va aviachipta ma’lumotlarini kiritish talab etiladi.
Foydalanilmagan aviachipta uchun pulni qaytarib berish shakli O‘zbekiston hududida faoliyat olib borayotgan banklarining talablariga muvofiq ishlab chiqilgan va ushbu ma’lumotlarni kiritmasdan, pulni qaytarish bo‘yicha aviakompaniyaning moliyaviy ko‘rsatmasi ko‘rib chiqilmaydi.

“Ayni paytda aviakompaniyada bu boradagi barcha jarayonlarni soddalashtirish bo‘yicha tizimli ishlar olib borilmoqda”, - deyiladi xabarda.

Ta’kidlanishicha, bank to‘lov tizimlari tomonidan dasturiy ta’minotning takomillashtirilishi aviachiptani qaytarish shaklini to‘ldirishni sezilarli darajada soddalashtiradi va barcha axborot xavfsizligi talablariga rioya qilgan holda, to‘lov tizimlarining xalqaro standartlarga muvofiq uzluksiz ishlashini ta’minlaydi.
Ma’lumot uchun, bugungi kunda aviakompaniya yo‘lovchilari foydalanilmagan aviachipta uchun pul mablag‘ini qaytarishni chipta sotib olingan joyda - aviakompaniyaning rasmiy saytida, Uzbekistan Airways Sales filialida va aviakompaniyaning chet eldagi vakolatxonalarida rasmiylashtirishlari mumkin.
Yangiliklar lentasi
0