Kimlarga “yashil bog‘lar” barpo etish huquqi berildi - yangi qonun

© pixabay.com/fietzfotosDerevya park priroda trava
Derevya park priroda trava - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 29.09.2022
Obuna bo‘lish
“Yashil bog‘lar”ga ko‘chat ekish tadbirlari har yili bahor va kuz mavsumlarida amalga oshiriladi.
TOShKENT, 29 sen — Sputnik. Kelgusi yildan davlat organlari va tashkilotlari, mahallalar hamda ko‘p kvartirali uy-joylar mulkdorlari tashabbusi bilan yashil bog‘lar tashkil etilishi mumkin. Bu haqida Hukumatning 529-sonli qaroi bilan tasdiqlangan nizomda nazarda tutilgan.
Quyidagi tashkilotlar “Yashil bog‘lar” barpo etish tashabbusi bilan chiqish huquqiga ega:
davlat organlari va tashkilotlari;
fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari;
ko‘p kvartirali uy-joylar mulkdorlari.
“Yashil bog‘lar”ni barpo etish bo‘yicha kiritilgan takliflar hokimliklar tomonidan 15 ish kun ichida ko‘rib chiqiladi.
Ma’qullangan takliflar asosida bog‘larni barpo etish va loyihalash bo‘yicha har yili 10-fevralgacha “O‘rmonloyiha” loyihalash instituti bilan shartnomalar tuziladi.
Takliflar mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari tomonidan har hili 15-maygacha tegishli qaror qabul qilish uchun xalq deputatlari mahalliy kengashlari muhokamasiga kiritiladi.
Xalq deputatlari mahalliy kengashlari tomonidan ijobiy qaror qabul qilingan taqdirda, “Yashil bog‘lar”ni barpo etish uchun “Yashil hudud” davlat unitar korxonasi bilan kelgusi yilning 20-yanvariga qadar shartnomalar tuziladi.
“Yashil bog‘lar”ga ko‘chat ekish tadbirlari har yili bahor va kuz mavsumlarida amalga oshiriladi.
Yangiliklar lentasi
0