Termizdan Pokistonga insonparvarlik yordami jo‘natildi

© IA "Dunyo"Samolyot Ministerstva oboroni Uzbekistana
Samolyot Ministerstva oboroni Uzbekistana - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 29.09.2022
Obuna bo‘lish
Insonparvarlik ko‘magi tarkibida vaqtincha yashash uchun mo‘ljallangan turar-joy modullari bor. Yordamni O‘zbekiston hukumati va BMT Qochqinlar bo‘yicha Oliy komissari boshqarmasi ko‘rsatgan.
TOShKENT, 29 sen — Sputnik. 29 sentabr kuni ertalab Toshkentdan Karachiga Pokistondagi halokatli suv toshqinidan jabrlanganlarga insonparvarlik yordami ortilgan O‘zbekiston Mudofaa vazirligi samolyoti uchib ketdi.
“Dunyo” AA xabariga ko‘ra, insonparvarlik yordami O‘zbekiston hukumati va BMT Qochqinlar bo‘yicha Oliy komissari boshqarmasi tomonidan ko‘rsatilgan. Bu birinchi qo‘shma insonparvarlik yordamidir.
Insonparvarlik ko‘magi tarkibi suv toshqinlari oqibatida o‘z boshpanalaridan ayrilganlar uchun 15 tonnadan ortiq hajmdagi vaqtincha yashash uchun mo‘ljallangan turar-joy modullaridan iborat.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston 1-sentabr kuni Pokistonga 40 tonnadan ortiq insonparvarlik yordami jo‘natgan edi. Uning tarkibidan o‘simlik yog‘i, un, guruch, go‘sht konservalari, qandolat va makaron mahsulotlari, shuningdek to‘qimachilik mahsulotlari va boshqa tovarlar o‘rin olgan edi.
Bundan tashqari, prezident Shavkat Mirziyoyev Shanxay hamkorlik tashkiloti mamlakatlari nomidan xalqaro hamjamiyatni Pokistondagi suv toshqinlarining salbiy oqibatlarini bartaraf etish uchun ushbu mamlakatga imkon boricha gumanitar yordam ko‘rsatishga chaqirgan edi.
Pokistondagi kuchli suv toshqinlari oqibatlari - foto
Yangiliklar lentasi
0