Parvozlarni kuzatish bo‘yicha maxsus Telegram bot ishga tushirildi

© Uzbekistan Airports Uzbekistan Airports
Uzbekistan Airports  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 29.09.2022
Obuna bo‘lish
Botni ishga tushirgan har bir foydalanuvchi mavjud ro‘yxatdan aeroport, terminal, uchib ketish yoki uchib kelish va o‘ziga kerakli yo‘nalishni tanlashi mumkin.
TOShKENT, 29 sen — Sputnik. Uzbekistan Airports parvozlarni kuzatish uchun Telegram botni ishga tushirdi.
Yo‘lovchilarga qulaylik yaratish maqsadida test rejimida ishga tushirilgan @UzairportsBot Telegram boti real vaqt rejimida barcha xalqaro va ichki reyslar, shuningdek, jadvaldagi o‘zgarishlar haqida ma’lumot berib boradi.
Botni ishga tushirgan har bir foydalanuvchi mavjud ro‘yxatdan aeroport, terminal, uchib ketish yoki uchib kelish va o‘ziga kerakli yo‘nalishni tanlashi mumkin.
Shundan so‘ng, bot parvoz haqidagi quyidagi ma’lumotlarni ko‘rsatadi:
Uchish vaqti;
Reys raqami;
Parvoz holati va yo‘nalishi;
Tashuvchi aviakompaniya va ro‘yxatdan o‘tish ma’lumotlari.
“Yaqin kelajakda funsionallikni kengaytirishni rejalashtirilmoqda. Parvozlar holatining o‘zgarganligi, poytaxt aeroporti terminallari o‘rtasida qatnovchi avtobuslar jadvali, shuningdek, yuqori darajadagi komfort zallari uchun masofaviy to‘lovlarni amalga oshirish imkoniyati joriy qilinadi”, deyiladi xabarda.
Telegram botdan rus va o‘zbek tillarida foydalanish mumkin.
Yangiliklar lentasi
0